Oq fonda, arab alifbosida qora rangdagi harflar bilan kalimai shahodat yozilgan
Avvalgi bayroqlar
Afgʻoniston islom respublikasining 2021-yil 15-avgustga qadar amalda boʻlgan bayrogʻi. „Tolibon“ harakati Kobulni bosib olgach bekor qilingan (de-fakto barcha davlatlarda haligacha shu bayroq Afgʻoniston bayrogʻi sifatida tan olinadi)
Mutanosibligi
2:3
Afgʻoniston bayrogʻi (pushtucha: د افغانستان بيرغ, forscha: بيرق افغانستان) Vaqtinchalik Afgʻon Maʼmuriyati tomonidan 2001- yil 22-dekabrda qabul qilingan. Bu bayroq, 1930 va 1937-yillari Afgʻonistonda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat farqi shundaki, yangi bayroq markazidagi Gerb ustiga (oq va oltin rangda) Kalimaʼi Shahodat suʼrasi yozilgan. Bu bayroq yoʻl yoʻlli uch rangdan iborat, qora, qizil va yashil. Bu ranglar Afgʻonistonning keyingi 20 yil ichidagi koʻplab bayroqlarida namayon etgan. Oʻrtadagi nishon Afgʻoniston gerbi va unda Makka tomonga yuzlangan masjidmehrobi tasvirlangan.
XX asrda boshqa davlardan farqli oʻlaroq, Afgʻonistonda davlat bayrogʻi bir necha marotaba oʻzgargan. Hotakilar sulolasi 1709 yilda ilk bayroqqa asos solgandan beri to bugungi kungacha 20 marta bayroqlar oʻzgargan.
Amir Habibullo boshqaruvi ostida davlat va urush bayrogʻi boʻlgan. Habibullo otasi davrida qoʻllangan qora bayroqqa muhr qoʻshgan, ushbu muhr 2021-yilgacha amalda boʻlgan Afgʻoniston islom respublikasi gerbining ilk koʻrinishi hisoblanadi.
1919–1926
2:3
Omonullaxon davridagi ilk bayroq. Habibullo davridagi bayroq biroz oʻzgartirilib, taralayotgan nur koʻrinishida sakkiz qirrali yulduz qoʻshilgan
Omonullaxon davridagi toʻrtinchi bayroq. Bayroq markazidagi yangi muhrda qorli togʻlar ortidan quyosh charaqlab koʻtarilayotgani tasvirlangan, bu yangi qirollikning boshlanishini aks ettirgan.
Afgʻoniston respublikasining birinchi ayrogʻi oʻzidan avvalgi bayroqqaa oʻxshash. Avvalgi bayroqdan bitta farqi — muhr muhrdagi yil (١٣٤٨) olib tashlangan.
1974–1978
2:3
Afgʻoniston respublikasining ikkinchi bayrogʻi. Undagi ranglar oʻzgarmagan lekin ranglarning maʼnosi boshqacha talqin qilingan yaʼni qora — qora oʻtmish, qizil — qon, yashil — qishloq xoʻjaligining rivojlanishi ramzlari sifatida koʻrilgan. Bayroqdagi muhr almashtirilgan.
Davlat toʻntarishi natijasida respublika lideri oʻldiriladi va yangi hukumat kommunistlar qoʻliga oʻtadi. Bayroqning avvalgi ranglari saqlanib qolgan holda, undagi muhr olib tashlanadi.
1978–1980
1:2
Bu bayroq boshqa kommunistik tuzumlarnikiga oʻxshash dizaynga ega boʻlgan.
1980–1987
1:2
Avvalgi trikolor ranglari qaytarilgan va yangi muhr qoʻyilgan.
Oldingi bayroqlarga oʻxshash, lekin farq shundaki ostki Afgʻ'oniston Islom Respublikasi "دا افغانستان اسلامی دولت", yozuvi Afgʻoniston "افغانستان", yozuvi bilan almashgan
2013–2021
2:3
Bayroq oʻrtasidagi gerb tasviri biroz kattalashgan