Salohuddin al-Ayyubiy
Salohiddin | |
---|---|
Quddus fotihi Misr va Suriya sultoni Ikki muqaddas masjid xodimi | |
Salohuddin tasvirlangan dirham tanga (tax. 1189) | |
Misr va Suriya sultoni | |
Saltanat | 1174—1193-yil, 4-mart |
Oʻtmishdoshi | Al-Adid (Fotimiylar xalifasi) |
Davomchisi | |
Tugʻilishi |
Salohuddin al-Ayyubiy tax. 1137-yil Tikrit, Jazira, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
4-mart 1193 (yoshi 55–56) Damashq, Ayyubiylar davlati |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | Ismet Hatun |
Sulola | Ayyubiylar {Sulola asoschisi) |
Otasi | Najmiddin Ayyub |
Dini | Islom |
Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138— 1193-yil 4-mart, Damashq) — Misr hukmdori (1171-yildan), Ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169-yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171-yilda Fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib, Abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—1186-yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187-yil 3—5-iyulda Salohuddin al-Ayyubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqinida (Falastin) tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddinning ichki siyosati harbiy len tizimini (qarang: Iqto) rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |