Vashington (shtat)
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Ottava | ||||
Eng yirik shaharlar | Seattle Spokane Tacoma | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 18-oʻrinda 184,665 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 14-oʻrinda 6,287,759 | ||||
YIM |
AQSh: 14-oʻrinda $261,549 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
42-boʻlib 11 noyabr 1889 | ||||
Vaqt | UTC-8 (PST) | ||||
Qisqartma | WA [53] | ||||
Shtat guli | Coast Rhododendron | ||||
Shtat daraxti | Western Hemlock |
Vashington — AQShning shimoligʻarbidagi shtat. Shimolida Kanada bilan chegaradosh. Maydon 176,6 ming km2. Aholisi 5,2 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Olimpiya shahar. Eng yirik shahri — Sietl. Vashington hududining koʻp qismi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi gʻarbida 4°, sharqida —2°, —3°, iyulniki gʻarbida 16—17°, sharqida 20—23°. Yillik yogʻin 400–2000 mm. Togʻlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Daryolari (Kolumbiya va uning irmoqlari) sersuv. Bir qancha GES qurilgan. Gidroenergiyaga boyligi jihatidan AQSH shtatlari orasida 1-oʻrinda. Rangli va qora metallurgiya tarmoklaridan alyuminiy, ferroqotishma, elektrkimyo va atom sanoatlari taraqqiy etgan. Pyujet-Saundda kemasozlik korxonalari va harbiydengiz bazasi bor. Aviaraketa sanoati Sietlda ("Boing" zavodi) joylashgan. Vashington AQShda yogʻoch tayyorlash va yogoch sanoati boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Fanera va qogʻoz ishlab chiqariladi. Baliq-konserva sanoati rivojlangan. Vashingtonda Kanadadan keltirilgan neftni qayta ishlovchi zavod qurilgan. Qishloq xoʻjaligi kam taraqqiy qilgan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning yarmi ekinzor, qolgani yaylov. Dengiz boʻyi rayonlari sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Kolumbiya platosida bugʻdoy ekiladi, meva yetishtiriladi. Dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. Vashingtondan muhim avtomobil va transport yoʻl oʻtgan. Asosiy portlari — Sietl va Takoma.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |