Kontent qismiga oʻtish

Oʻzini oʻldirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Suitsiddan yoʻnaltirildi)
Edouard Manet: Oʻzini oʻldirish, 1877

Oʻzini oʻldirish, oʻz joniga qasd qilish, xudkushlik yoki suitsid (lotincha: sui caedere) oʻz hayotiga oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyishdir.

Oʻzini oʻldirishlikka jamiyatning munosabati din, shaʼn hamda hayot maʼnosi mavzulariga aloqador boʻlib kelgan. Aksar dinlar, masalan, Yahudiylik, Xristianlik, Islom, Buddizm, Hinduizm kabilar oʻzini oʻldirishi qoralashadi va gunoh deb baholashadi; biroq baʼzi islomiy va xristian sektalar xudkush bomba hujumlarini oqlashadi, ularni bajarganlarga shahid statusini vaʼda etishadi. Yaponiyadagi samuraylar davrida esa oʻzini oʻldirish oʻz shaʼnini himoya qilish maqsadida bajarilgan va ijobiy baholangan. Shuningdek urush vaqtida kamikazelik harbiy qahramonlik deya koʻrilgan.

Oʻzini oʻldirish jamiyatda hamon qattiq qoralanadi; biroq bedavo kasallikka chalingan bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qoʻyish yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs ostidadir.

Zamonaviy tibbiyot odatda oʻzini oʻldirishni ruhiy nosogʻlomlikka yoʻyadi va bunday kishilarga ruhiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblaydi.

Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 millionta xudkushlikka omadsiz harakat boʻladi.[1] Rossiyada har yili 60,000[2], AQShda taxminan 30,000[3], Yaponiyada 30,000 dan ziyod[4] va Xitoyda 250,000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi.[5]

Bir yilda boʻladigan xudkushliklar miqdori (har 100,000 kishiga):[6]
Oʻrin Mamlakat Yil Erkaklar Ayollar Jami
1. Litva 2003 74.3 13.9 42.1
2. Rossiya 2002 69.3 11.9 38.7
3. Belarus 2003 63.3 10.3 35.1
4. Qozogʻiston 2002 50.2 8.8 28.8
5. Sloveniya 2003 45.0 12.0 28.1
6. Vengriya 2003 44.9 12.0 27.7
7. Estoniya 2002 47.7 9.8 27.3
8. Ukraina 2002 46.7 8.4 26.1
9. Latviya 2003 45.0 9.7 26.0
10. Yaponiya 2002 35.2 12.8 23.8

Soxta oʻzini oʻldirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpincha oʻzini oʻldirish qilmoqchi boʻlganlar oʻlishni istashmaydi, ular faqatgina atrofdagilarning eʼtiborini oʻziga qaratmoqchi, yoxud shantaj qilmoqchi boʻlishadi. Bunday kishilar odatda oʻlimga olib bormaydigan jarohatlar bilan oʻzlariga shikast yetkazadilar (masalan, sirka kislotasi, uyqu dori ichish, ustara bilan bilak tomirlarini kesish) yoki namoyishkorona harakatlar qiladilir (masalan, baland inshootlar tomiga chiqib, odam yigʻilishini kutib, oʻzini pastga tashlamoqchidek boʻlish). Lekin baʼzan bu harakatlar ehtiyotsizlik tufayli oʻlimga olib kelishi mumkin.

Boshqa tomondan, jiddiylikcha oʻlmoqchi boʻlib, lekin tibbiyot va anatomiyadan bexabarligi tufayli oʻlmay qoladigan odamlar ham bor; ularni soxta xudkushlikda ayblab boʻlmaydi.

Oʻzini oʻldirish sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sabablar turlicha boʻlishi mumkin. Quyida ularga misollar keltirilgan:

Oʻzini oʻldirish usullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otashli qurollar qonuniy sotiladigan mamlakatlarda oʻzini oʻldirishlar asosan shunday qurollar yordamida amalga oshiriladi. AQShdagi jami xudkushliklarning 55%'i shunday usul bilan sodir boʻlgan (2001 yilga koʻra).[7] Shuningdek asfiksiya (oʻzini osish, tabiiy gaz bilan boʻgʻilish) va zaharlanish ham koʻp qoʻllanadi. Boshqa usullar (baland imorat tomidan, derazalaridan sakrash, avtomobil ostiga yotish, ustara bilan kesish, choʻkish kabilar) nisbatan kam ishlatiladi.

  1. CIS: UN Body Takes On Rising Suicide Rates
  2. 60,000 people commit suicide in Russia annually, 2013-07-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-01
  3. Suicide, Facts
  4. Suicides in Japan top 30,000 for 9th straight year, 2007-06-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-06-09
  5. 250,000 Chinese Kill Themselves Annually: Official
  6. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, 2005.
  7. http://www.preventsuicidenow.com/suicide-statistics.html