Kontent qismiga oʻtish

Evtanaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
  Foal qonuniy evtanaziya
  Nofoal qonuniy evtanaziya
  Foal noqonuniy evtanaziya, evtanaziya tartibga solinmagan
  Evtanaziyaning barcha noqonuniy shakllari

Evtanaziya (grekcha: ευ-yaxshi“ + θάνατος „oʻlim“ baxtli, azobsiz oʻlim) – turli harakatlar yoki uskunalar bilan bemorning hayotini sunʼiy yoʻl bilan ushlab turgan qurilmalar ishini toʻxtatish orqali bemorning oʻz oʻlimini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish. Koʻp hollarda evtanaziya bemorning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. Agar bemor ogʻir ahvolda boʻlsa uning yaqin qarindoshlari qaror chiqarishi mumkin. Evtanaziyaga koʻp davlatlarda ruxsat bor. Oʻzbekistonda evtanaziya qoʻllash taʼqiqlangan va bu mavzu haqida bahslar davom etmoqda.

"Evtanaziya" atamasini birinchi boʻlib XVI asrda faylasuf Frensis Bekon tomonidan „oson oʻlim“ ni taʼriflash uchun ishlatilgan. Ikkinchi jahon urushidan oldin evtanaziya gʻoyasi bir qator Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan edi. Oʻsha paytda evtanaziya va evgenika Yevropa mamlakatlari tibbiy doiralarida mashhurlikka erishadi, ammo natsistlarning T-4 dasturi kabi dasturlari uzoq vaqt davomida bu gʻoyalarni obroʻsizlantirdi.

Evtanaziyaning ikki xil turi mavjud: faol va passiv evtanaziya.

Faol evtanaziya – ahvoli ogʻir uzoq vaqt surunkali kasalliklar bilan ogʻrib kelayotgan va xavfli oʻsma (saraton) kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda maʼlum vosita va harakatlar orqali oʻlimni tezlashtirish. Faol evtanaziyada bemorning oʻlimi tezlik bilan keskin ravishda ijro qilinadi. Passiv evtanaziyada esa bu jarayon maʼlum vaqt davom etadi.

Passiv evtanaziya bunda bemorga taqdim etilayotgan davo choralari toʻxtatiladi. Oʻlimgacha boʻlgan vaqtni tezlashtiriladi.

  1. Bundan tashqari, evtanaziyaning ixtiyoriy va majburiy turlari ham bor:

Ixtiyoriy evtanaziya Chidab boʻlmas azob-uqubat tufayli oʻz hayotini tugatishni istagan vakolatli bemorning aniq va ixtiyoriy iltimosiga binoan evtanaziyani amalga oshirish yaʼni bemorning talabi, roziligi va iltimosiga koʻra bajariladi.

Majburiy evtanaziyada bemorning fikri eʼtiborga olinmaydi, Odam hushidan ketganda yoki yashash va oʻlish oʻrtasida mazmunli tanlov qila olmaganida paydo boʻladi va tegishli shaxs bu qarorni u uchun qabul qiladi.

Oʻldirish bemor uchun yaxshilik boʻlishi mumkin(ogʻir yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar misol uchun: quturish).

Toʻgʻridan-toʻgʻri evtanaziya – Dori-darmonlarning oʻlimga olib keladigan dozasini yoki boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri vositalarni yuborish orqali odamning oʻlimiga olib keladigan qasddan va qasddan qilingan harakat.

Oʻz joniga qasd qilish – Biror kishiga oʻz hayotini qasddan tugatish uchun yordam yoki vositalar bilan taʼminlash, odatda oʻlimga olib keladigan dorilarni buyurish yoki berish.

Evtanaziyaga munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp davlatlar qatori Niderlandiya ,Shveysariya, Belgiya, AQSH, Lyuksemburg va Kolumbiyada evtanaziyaga ruxsat berilgan, oʻz joniga qasd qilish qonuniydir. AQSH ning Oregon, Vashington va Montana shtatlarida ham evtanaziyaga ruxsat etilgan.

Germaniya, Shvetsiya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Kanada va boshqa baʼzi mamlakatlarda muayyan sharoitlarda reanimatsiya yoki evtanaziyada ishtirok etish uchun jazodan mahrum etishga ruhsat beriladi. Bundan tashqari baʼzi davlatlar jiddiy ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga evtanaziya oʻtkazishga ruhsat bergan (bu majburiy evtanaziyadir).

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida har qanday kasallanish turidan qatʼiy nazar bemorlarga evtanaziya usulini qoʻllash man etiladi. Hayvonlarga nisbatan (kasallik sabab uy hayvonining joni ogʻrimasligi uchun) evtanaziyaga ruxsat berilgan.

Bugungi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarafdorlari bu soʻzni yoqimli, yengil oʻlim deb baholaydilar. Hozirda faqat Niderlandiya evtanaziyani mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi.