Shabi Baroat
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Shabi Baroat | |
---|---|
Rasmiy nomi | Nisfu baroat |
Kuzatilgan tomonidan | Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo musulmonlari |
Turi | Islomiy bayram, Baroat kechasi |
Bayramlar | Masjid |
Sana | Shaʼbon oyining 14-dan 15-gacha oʻtar kechasi |
Shabi Baroat (soʻzma-soʻz 'Baroat kechasi'), Chirogʻi Baroat, Baroat Qandili yoki Nisfu Soyabon (Janubiy-Sharqiy Osiyo musulmonlari) koʻplab Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq musulmon mamlakatlarida nishonlanadigan Baroat kechasi bilan bogʻliq madaniy bayram hisoblanib, Islomiy taqvimga koʻra sakkizinchi oy Shaʼbon oyining 15-kechasida (faqat 15-ga oʻtar kechasi) nishonlanadi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzilar Shabi Baroat bayramini Baroat kechasida amalga oshiriladigan boshqa bir marosim bilan adashtirishadi, bunga sabab esa bu ikkala marosimning ham ayni bir vaqtga toʻgʻri kelishidir, biroq Shabi Baroat kechasi marosimlari va uslublari turli mintaqalarda turlicha nishonlansa, Baroat kechasi bajariladigan amallar deyarli barcha joyda bir xil hisoblanadi. Shabi Baroat bayramida, asosan, ibodatlar oʻqiladi va bu koʻproq tungi amallarni oʻz ichiga oladi.
Shabi Baroat Janubi-Sharqiy Osiyodagi asosiy bayramlardan biri hisoblanib, bu kunda musulmonlar yigʻilishib birgalikda ibodat qiladilar va gunohlari uchun kechirim soʻraydilar. Musulmonlar bu kechada soʻralgan duolar amalga oshishiga, butun yil davomida boylik, moʻl-koʻlchilik bilan mukofotlanib, gunohlaridan tozalanishlariga ishonishadi. Koʻpgina hududlarda, shuningdek, ushbu kechada kishilar vafot etgan yaqinlari haqqiga duo oʻqib, ularning bu dunyoda qilgan gunohlari uchun avf tilab, haqlariga duo qilishadi[2]. Bundan tashqari, oʻn ikki imom shia musulmonlari Muhammad al-Mahdiyning tugʻilgan kunini ham aynan shu kunda nishonlaydilar[3][4]. Sunniy va shia musulmonlari bu kechani magʻfirat kechasi deb bilishadi. Musulmonlar Shaʼbon oyini ibodat va najot kechasi sifatida nishonlaydilar. Imom Shofi’iy, Imom Navaviy, Imom Gʻazzoliy va Imom Suyutiy kabi ulamolar Shaʼbon oyining oʻrtalaridagi kechalardan birida namoz oʻqishni maqbul deb hisoblashgan[5].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eiichi Imoto va Muhammad Ajam tomonidan olib borilgan tadqiqotga koʻra, Shabi Baroat bayramini nishonlash anʼanasi Yaqin Sharq va Erondagi islomdan oldingi dinlarga asoslangan. Sharqiy eronliklar anʼanaviy tarzda ushbu bayramini nishonlash anʼanasini xuddi buddizmdagi Bon festivali, hinduizm va zardushtiylikdagi Pitri Paksha bayramlari kabi saqlab qolishgan[6]. Abu Rayhon Beruniy (973-1050-yildan keyin) qamariy oyning 12-dan 15-gacha boʻlgan bayrami haqida bir qancha maʼlumotlar yozib qoldirgan edi. Ushu bayram arab tilida „Al Bayz“ deb atalib, yorqin degan maʼnoni anglatadi. Eronning baʼzi shaharlarida kishilar bu bayramni qabristonlarda toʻplanib, qadimgi Forsda muqaddas hisoblangan Peganum harmala (yovvoyi oʻsimlik) deb nomlanuvchi oʻsimlikni yoqib, qabrlarning bir burchagiga olov qoʻyishadi va vafot etganlar haqqiga duo oʻqish paytida olovga biroz tuz sepishadi. Shuningdek, ular ushbu marosim vaqtida „Peganum harmala achchiq va shoʻr, shundan dushmanning hasad koʻzlari koʻr boʻlsin“, deya sheʼr ham oʻqishadi[7].
Shabi Baroat, shuningdek, magʻfirat kechasi yoki poklanish kuni sifatida ham tanilgan[8]. Musulmonlar Shaʼbon oyini ibodat va najot kechasi sifatida nishonlaydilar[5]. Imom Navaviy oʻzining „Majmu’“sida Imom Shofiʼiyning „Kitob al-umm“ asaridan iqtibos keltirib, duolar ijobat boʻladigan besh kecha borki, ulardan biri Shaʼbon oyining 15-kechasidir deya yozgan.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shabi Baroat bayrami butun dunyo musulmonlari tomonidan nishonlaniladigan bayram hisoblanadi. Baʼzi musulmonlar Shabi Baroat kechasida Alloh taolo barcha kishilarning oʻtmishda qilgan amallarini hisobga olib, kelgusi yil uchun taqdirlarini yozadi, deb hisoblashadi. Bu kecha sunniylik mazhabi musulmonlari uchun katta ahamiyatga ega kun boʻlib[8], islom taqvimidagi eng muqaddas kunlardan biri hisoblanadi[9].
Ahamiyati va urf-odatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vafot etganlar haqqiga ibodat qilish va ular uchun Xudodan magʻfirat soʻrash Baroat kechasida oʻtkazadigan marosimlarni amalga oshiruvchi deyarli barcha shaharlarda odatiy amallardan biri hisoblanadi. Hadislarda keltirilishicha, paygʻambar Muhammad bu kechada Baqi' qabristoniga borib, u yerga dafn etilgan musulmonlar haqqiga duo oʻqigan, biroq yilning boshqa hech bir kechasida paygʻambar qabristonga borib, vafot etgan musulmonlar haqqiga duo qilmagan. Shundan kelib chiqqan holda baʼzi ulamolar ushbu kechada musulmonlar qabristoni ziyorat qilib, Qur’ondan tilovat qilib, marhumlar haqiga duo qilishni maʼqul deb biladilar[10].
Shabi Baroat kechasi (tarjimasi „ozodlik kechasi“) musulmonlar orasida Alloh doʻzaxga kirganlarni ozod qiladigan kecha deb ishoniladi[8].
Turli mamlakatlardagi urf-odatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shabi Baroat bayrami butun Janubiy va Markaziy Osiyoda nishonlanadi. Arab dunyosida ushbu bayram tasavvuf va shia musulmonlari tomonidan nishonlab kelinsa, salafiy arablari bu bayramni nishonlamaydilar.
Eron
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xurosonda, xususan, Katta Xuroson mintaqasi, Kurdiston va Eronning baʼzi hududlarida oʻtkaziladigan Baroat bayrami marhumlar ruhiga hurmat koʻrsatiluvchi eng muhim bayramlardan biri hisoblanadi [1]. Ushbu kecha borasida har bir hududda kishilarning oʻziga xos odatlari mavjud, biroq umumiy anʼanalardan bir bu holva va xurmo bilan shirinlik va konfetlar tayyorlashdir. Quyosh botishidan oldin musulmonlar qabrlarni tozalaydilar, vafot etganlar taomlanishi, ibodat qilishlari uchun qabrlarga shirinliklar qoʻyishadi va sham yoqishadi. Eronning baʼzi shaharlarida ushbu bayramni nishonlash uchun odamlar qabristonlarda toʻplanib, qabrlarning bir burchagida peganum harmala yoki haomani (yovvoyi oʻtni) yoqishadi, olovga bir oz tuz sepib: „Peganum harmala achchiq va shoʻr, shundan dushmanning hasad koʻzi koʻr boʻlsin“, deya sheʼr oʻqishadi[7].
Iroq
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iroqda odamlar oʻz mahallalari boʻylab oʻynab yurgan bolalarga konfet tarqatishadi. Iroq Kurdistoni va Afgʻonistondagi sunniy musulmonlar va musulmon boʻlmagan yazidiy (Êzîdî) kurdlar ushbu bayramni Ramazon oyidan 15 kun oldin nishonlashadi, Indoneziyadagi musulmonlar masjidlarda umumiy zikr, soʻngra ustad boshchiligida maʼruza oʻqiydilar. Indoneziyada bu anʼanaga kamdan-kam amal qilinadi, lekin Ache, Gʻarbiy Sumatra va Janubiy Kalimantanda ushbu anʼana keng tarqalgan. Janubiy Osiyoda musulmonlar qoʻshnilari va kambagʻallarga Shaʼbon oyining 15-kunidan oldin berish uchun shirinliklar (ayniqsa, halvo yoki zarda) tayyorlaydilar[11].
Bangladesh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shabi Baroat bayrami Bangladesh musulmonlari tomonidan ham nishonlanadi. Oʻsha kuni koʻplab maktablar yopiladi, odamlar roʻza tutadilar, xuftondan keyin namoz, Qur’on oʻqiydilar, non va shirinliklar tarqatib, kambagʻallarga xayr-ehson qiladilar[12][13][14], qabristonlarga borib, vafot etganlarning qabrlarini ziyorat qiladilar, ular uchun ibodat qilib, sham va tutatqilar yoqadilar, qabrlariga gullar qoʻyadilar[15]. Shabi Baroat kunida doʻkonlarda turli xildagi bezakli nonlar, holva, barfi, sandesh, pitha, rasmalay, nikuti, naru, moya kabi rang-barang bengal shirinliklari, shuningdek, boondi kabab polao va hari kabab kabi mazali taomlar taqdim etiladi[16]. Binolar esa shamlar, chiroqlar, matolar va qogʻozdan tayyorlangan tur xildagi bezaklar bilan bezatiladi. Masjidlar va boshqa joylarda vaʼz, Qur’on tilovati, qasidalar oʻqiladi[17]. Shabi Baroat bugungi kunda bengallarning madaniy festivali hisoblanadi.
Hindiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimdan Hindistonda Shabi Baroat kunida musulmonlar roʻza tutishadi, masjidlarni ziyorat qilib, muhtojlarga xayriya qilishadi[18]. Hindistondagi Dorul Ulum Deoband seminariyasi Shaʼbon oyining 15-kechasi yolgʻiz holda ibodat qilish mustahab, lekin lampochka yoqish, turli taomlar tayyorlash, yangi kiyimlar kiyish, holva tayyorlash va masjidlarda jamoa boʻlib ibodat qilish kabi amallarni bid’at deb hisoblashadi[19]. Hindiston musulmonlar jamoasiga mansub kishilar tun boʻyi namoz oʻqiydilar, Qur’on tilovat qiladilar. Ular namozlarini quyosh botgandan keyin boshlashadi va sahargacha davom ettirishadi. Ertasi kuni azondan oldin saharlik yeyiladi. Dindorlar, shuningdek, Shabi Baroat kechasi Alloh oʻz bandalarining taqdirini hal qiladigan kechadir, deb ishonishadi. Shu munosabat bilan odamlar bir-birlariga „Shabi Baroat Muborak“ deb, yaxshi tilaklarni bildirishadi[20].
Pokiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shabi Baroat butun Pokistonda ixtiyoriy ravishda nishonlanadigan bayram hisoblanadi. Ayrim ishchi xodimlar ushbu kunni dam olish kuni sifatida tanlashlari ham mumkin, biroq koʻpchilik ofislar va korxonalar ish faoliyatini davom ettiradi[21].
Holva, savaiyyan (vermishel) va yassi non kabi anʼanaviy shirinliklar tayyorlanib, qoʻshnilar, doʻstlar, qarindoshlar va kambagʻallarga tarqatiladi[22].
Kishilar vafot etgan yaqinlarining qabrlariga gullar qoʻyadi, ular uchun Fotiha oʻqiladi.
Hindistonning turli hududlarida marhum nomidan Alloh taologa magʻfirat soʻrab duo qilish anʼanaga aylangan, shuning uchun ham odamlar oʻz yaqinlari qabrini ziyorat qiladilar, ularning haqqiga duo oʻqiydilar, qabrlariga shamlar, xushboʻy tayoqchalar yoqadilar[22].
Uy-joylar, koʻchalar, masjidlar rang-barang vimpel va buntlar bilan bezatiladi[23].
Turkiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiyada Baroat kechasi Berat Kandili deb talaib, bu kun muqaddas sanalardan biri hisoblanadi. Qandil kechalarida Usmonli imperiyasi sultoni Salim II hukmronligidan beri minoralarda chiroqlar yoqish anʼanaga aylangan.
Yaponiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shabi Baroat bayrami Yaponiya musulmonlari uchun ham muhim marosimlardan biri hisoblanadi. Yaponiyadagi musulmonlar har yili ushbu bayram bilan bogʻliq maxsus tadbirlarni amalga oshiradilar[24].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shab-e-Barat“. IslamicFinder. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
- ↑ Jamal J. Elias. Islam: Religions of the world. Psychology Press, 1999. ISBN 978-0-415-21165-9. „... Laylat al-bara'a ... fortune for the coming year is popularly believed to be registered in Heaven ... prayer vigils and by feasting and illumination ... oblations are made in the name of deceased ancestors ...“
- ↑ „The great Shia scholar, Abu Ja'far Mohammad ibn Uthman al-Amri – Imam Reza (A.S.) Network“. imamreza.net. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ The Return of al-Mahdi. P11
- ↑ 5,0 5,1 „Shab-e-Baraat 2020: Date, history and significance of Shab-e-Baraat“ (en). Hindustan Times (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ „Shab-e-Barat 2021: Who Can Bestow Fortune and Forgiveness?“ (en-US). S A NEWS (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ 7,0 7,1 Dr. Ajam. „Brat and its roots“. 2017-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-may.Dr. Ajam. . Archived from the original on 22 June 2017.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Live Chennai: Shab-E-Barat – Festivals of India – Festivals in India – Muslim Festivals – Ramzan – Id-ul-fitr – Bakrid, Eid Mubarak“. livechennai.com.„Live Chennai: Shab-E-Barat — Festivals of India — Festivals in India — Muslim Festivals — Ramzan — Id-ul-fitr — Bakrid, Eid Mubarak“. livechennai.com.
- ↑ „Lailatul Barat“. wincalendar.com (2023-yil 8-mart).
- ↑ „Shab-e-Barat 2021: Know about the importance of the day“ (en). The Indian Express (2021-yil 28-mart). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ „About: Shab-e-Barat (شب برات)“. Events in Karachi – Latest Event Updates- Articles – About Karachi (2012-yil 5-iyul). 2014-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
- ↑ „Shab-e-Barat to be observed on 18 March“ (en). The Business Standard (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ „Shab-e-Barat to be observed on March 29“. Dhaka Tribune (2021-yil 14-mart). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ Correspondent, Senior. „Bangladesh to celebrate Shab-e-Barat on Apr 9“. bdnews24.com. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
- ↑ https://www.thedailystar.net/news/bangladesh/news/tradition-breadmaking-shab-e-barat-still-alive-old-dhaka-3265171?amp
- ↑ https://pin.it/4mnhhELpa
- ↑ https://pin.it/6rM01K1iw
- ↑ Sircar. „Understanding the History and Purpose of Celebrating Shab-e-Barat“. The Wire (2021-yil 26-mart). 2021-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Shabe barat“. darulifta-deoband.com. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Shab-e-Barat 2021: Know about the importance of the day“ (en). The Indian Express (2021-yil 28-mart). Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
- ↑ „Shab e-Barat in Pakistan“ (en). www.timeanddate.com. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
- ↑ 22,0 22,1 „Pakistanis to observe Shab-e-Barat with caution amid third Covid wave“. The Express Tribune (2021-yil 28-mart). Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.„Pakistanis to observe Shab-e-Barat with caution amid third Covid wave“. The Express Tribune. 28 March 2021. Retrieved 13 February 2023.
- ↑ „Shab-e-Barat observed across the country with religious fervor“ (en). Dunya News (2008-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 18-fevral.
- ↑ „Shab e Barat 2022 Date in Japan - 15 Shaban Islamic Event“ (en-US). Hamariweb.com Islam. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.