Shaʼbon
Shaʼbon (arabcha: شعبان) (Hindiston va Pokistonda — shabi barot) — musulmon qamariy taqvimidagi 8-oy. Islomga qadar shaʼbon — 4 muqaddas oydan biri (Qurʼon, 9:36), chunki qadshpsh arab taqvimiga koʻra, yozgi tengkunlik Shaʼbonga toʻgʻri kelgan. Shaʼbonda qoʻshimcha roʻza tutish (va boshqa solih amallar qilish) keng tarqalgan, Shaʼbonning 15-kuni esa (u johiliyat davrida ham eʼzozlangan), islomda eng ommaviy xalq bayrami — laylat al-baroʻa („yaratish kechasi“, odatda „xalos boʻlish kechasi“ deb tushuntiradilar, yaʼni gunoxlarni kechirish) xuddi laylat al-qadr kabi qadimgi yangi yil bayrami belgilarini saqpab qolgan. Shu kechada Alloh „eng pastki osmon“ga tushib, gunohlarini afv etishni soʻraganlarning iltijosini ijobatga olar ekan. Laylat al-baroʼada Yosin surasi oʻqiladi, oʻlganlar yodga olinib, ular ruhiga duolar qilinadi. Hindiston va Pokistonda qashshoqlarga taom tarqatiladi, shirinliklar tanovul qilinadi, bayram charogʻbonligi oʻtkaziladi. Shaʼbonning 13-15-kunlari „Oq tunlar“ (kunlar) deb atalib, bir qator mamlakatlarda bu kunlarda roʻza tutiladi. Shaʼbon oyining 3-kunida Rasululloh (sav)ning nabiralari Husayn tugʻilgan, 5-kuni — boshqa nabiralari Hasan tugʻilgan boʻlishi mumkin deb hisoblangan sanalardan biri deb aytiladi. Shaʼbonning 15-kuni — qibla Quddusdan Makkaga oʻzgartirilgan kun deb hisoblanadi. Oy nomiga al-muʻazzam — „izzatli“ sifatini qoʻshish bilan islomda Shaʼbonning ahamiyati uqtirib koʻrsatiladi.
Shaʼbon (arab.) — qamariy yil hisobida (Oy taqvimida), shuningdek, musulmonlarning hijriyqamariy yil hisobida sakkizinchi oy; 29 kunga teng.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shaʼbon oyi (Wayback Machine saytida 2009-01-10 sanasida arxivlangan) (rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Islomiy taqvim |
Muharram | Safar | Rabiulavval | Rabiussoni | Jumodilavval | Jumodissoni | Rajab | Shaʼbon | Ramazon | Shavvol | Zulqaʼda | Zulhijja |