Kontent qismiga oʻtish

Haoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haoma - zardo‘shtiylikda igna bargli efedra butasimon o‘simlikning xushbo‘y siqma suviga sut qo‘shib uzoq shopirish yo‘li bilan tayyorlanadigan tetiklashtiruvchi ichimlik. Haoma ichimligi, muqaddas deb tushunilgan. Uni asrash, jamoatga yetarli miqdorda yig’ib, ko‘paytirish uchun katta sopol idishlar ishlatilgan. Hozirgi o‘zbek tilidagi xum so‘zi xauma so‘zi asosida paydo bo‘lgan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 465.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.