Kontent qismiga oʻtish

Portal:Tibbiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tibbiyot

Tibbiyot, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiy biologik, klinik, tibbiy ijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiy biologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini oʻrganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. (Davomi...)

Tanlangan maqola - boshqasini koʻrsatish

Fizioterapiya olayotgan poliomielit tashxisli bolalar. 1950-yillar.

Viruslarning ijtimoiy tarixi viruslar va virusli infeksiyalarning insoniyat tarixiga taʼsirini tavsiflaydi. Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda paydo boʻla boshlagan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga sabab bo'ldi. Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol o'lati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi.

Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlaridan hisoblanadi. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan odamlarga yuqqan.Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. Gripp pandemiyasi ilk bor 1580-yilda qayd etildi va keyingi asrlarda uning koʻrsatkichlari tobora yuqorilab bordi. 1918-1919-yillardagi pandemiya davrida bir yildan kamroq vaqt ichida 40-50 million kishi halok boʻldi, bu tarixdagi eng halokatli pandemiyalardan biri edi. (Full article...)

Tanlangan biografiya - boshqasini koʻrsatish

Ryan White (talaffuzi: Rayan Uayt; 1971-yil 6-dekabr, Kokomo, Indiana, AQSH — 1990-yil 8-aprel, Indianapolis, Indiana, AQSH) — Amerika Qoʻshma Shtatlarida OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) va OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi)ga qarshi kurashda milliy timsolga aylangan amerikalik oʻsmir.

White tugʻma gemofiliya bilan kasallangan hamda asosini donor qoni tashkil etadigan maxsus dorilar olishga majbur boʻlgan, oʻsha preparatlar orqali OIV infeksiyasini yuqtirib olgan. Kasallik Ryan qonida 1984-yil dekabr oyida aniqlangan. Shifokorlarning Ryan maktabda boshqa oʻquvchilarga hech qanday xavf tugʻdirmaydi mazmunidagi kafolatlariga qaramay, Kokomodagi koʻplab ota-onalar va oʻqituvchilar Ryanning bu maktabda tahsil olishiga qarshi chiqishgan. Maktab maʼmuriyati tomonidan koʻrilgan choralar, uzoq davom etgan huquqiy kurash hamda ommaviy axborot vositalarida bu mojaroning yoritilishi natijasida Ryan OITSga qarshi kurashning ramziga aylangan. 1990-yili vafot etguniga qadar Ryan turli ijtimoiy harakatlar va tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan, koʻplab jamoat arboblari bilan uchrashgan va OIV muammosi haqida jamoatchilik fikriga katta taʼsir oʻtkazgan. (Full article...)

Umumiy tasvirlar – boshqasini koʻrsatish

Quyida Vikipediyadagi Tibbiyotga oid turli maqolalardan olingan suratlar keltirilgan.

Yaxshi maqola - boshqasini koʻrsatish

Appenditsit — appendiks, yaʼni koʻrichak chuvalchangsimon oʻsimtasining nospetsifik yalligʻlanish kasalligi. Kasallik belgilari odatda qorinning pastki oʻng tomonida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, ogʻiz qurishi va ishtahaning pasayishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Biroq, taxminan 40 % holatlarda bunday tipik belgilar paydo boʻlmasligi ham mumkin. Apendiks yorilishi ogʻir asoratlar: qorin parda ichki qavatining keng, tarqalgan, ogʻriqli yalligʻlanishi va sepsisga olib kelishi mumkin.

Appenditsit appendiks ichki boʻshligʻining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Virusli infeksiya, parazitlar, oʻt toshlari va oʻsmalar tufayli yoki yalligʻlangan limfoid toʻqimalar tufayli kelib chiqishi mumkin. Ushbu tiqilib qolish appendiksdagi bosimning oshishiga, toʻqimalarida qon oqimining pasayishiga va yalligʻlanishni keltirib chiqaradigan appendiks ichidagi bakteriyalarning koʻpayishiga olib keladi. Agar bu jarayon davolanmasa, appendiks yorilib, qorin boʻshligʻiga bakteriyalar chiqib ketishi mumkin va bu jarayon asoratlarning kuchayishiga olib keladi. (Full article...)
Yaxshi maqolalar roʼyxati

Bilasizmi?

Loyihalar

Qardosh loyihalar

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash