Kontent qismiga oʻtish

Patologik anatomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patologik anatomiya, patologik morfologiya — odam va hayvon organizmidagi patologik jarayonlarning morfologik asoslarini, pa-togeneznnnt morfologik tomonlarini oʻrganadigan fan; patologiyannng eng muhim qismi. Patologik anatomiya patologik fiziologiya, mikrobiologiya, gigiyena kabi fanlar bilan chambarchas bogʻlangan.

Patologik anatomiya umumiy va xususiy qismlarga boʻlinadi. Umumiy Patologik anatomiya umumiy patologik jarayonlar (kon aylanishining bu-zilishi, yalliglanish va boshqalar)ni, xususiy Patologik anatomiya esa aʼzo va sistemalar (mas, nerv sistemasi, yurak, tomirlar va boshqalar)dagi patologik jarayonlarni oʻrganadi. Maʼlum kasalliklarda kelib chiqadigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan maxsus Patologik anatomiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Murdani yorib (qarang Murdani yo’rish), aʼzolardagi oʻzgarishlarni oʻrganish va toʻqimalarni mikroskopda tekshirish Patologik anatomiyaning asosiy usulidir. Patologik anatomiya kasallik natijasida aʼzo va toʻkimalarda roʻy bergan oʻzgarishlarni oʻrganishda biopsiya usulidan keng foydalanadi, yaʼni anik, diagnoz qoʻyish maqsadida toʻqima yoki aʼzo boʻlaklari kesib olib tekshiriladi; operatsiya vaq-tida olib tashlanadigan aʼzolar ham patologik-anatomik tekshiruvdan oʻtka-ziladi. Toʻqimalardagi almashinuv jarayonini mukammal tahlil qilishga im-kon beradigan gistokimyoviy tekshirish usuli keng tarqalgan. Patologik oʻzgarishlarning avj olishini hayvonlarda tajriba yoʻli bilan paydo qilish juda muxim. Bu usul kasallikning avj olishidagi hamma davr va fazalarni aniq kuzatib borishda birmuncha qoʻl keladi.

Patologik anatomiya uzoqtarixga ega. Misrda jinoyat qilganligi uchun qatl etilgan kishining murdasi Ptolemey II buyrugʻi bilan vrachlarga ilmiy tadqiqot uchun berilar edi. Gerofil va Gippokratpar shu davrda birinchi anatomik tekshirishlar oʻtkazishgan. Abu Ali ibn Sino ham murdani yorib, aʼzolardagi oʻzgarishlarni aniqlashga urinib koʻrganligi maʼlum. Patologik anatomiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishida italyan anatomi J. Morgani (18-asrning 2yarmi) va fransuz anatomi M.F.Bishaning (19-asrning boshlari) klassik tadqiqotlari katta roloʻynadi. 19-asrning oʻrtalarida Patologik anatomiyadan atlas va qoʻllanmalar chop etildi. Bu davrda Yevropaning koʻpgina universitetlarida Patologik anatomiya kafedralari ochildi.

Oʻzbekistonda bir qancha tibbiyot intlari (Toshkent tibbiot akademiyasi, SamTI, Andijon tibbiyot instituti va boshqalar)da ham Patologik anatomiya kafedralari, ilmiy tadqiqot institutlari (Oʻzbekiston Sil kasalligi ilmiy tadqiqot instituti, Onkologiya markazi)da Patologik anatomiya boʻlimlari tashkil etildi.

Oʻzbekistonda Patologik anatomiya fanining asoschilari G. N. Terexov, S. D. Tatarenchik va boshqa boʻldi. Fanning keyingi taraqqiyotigaA. I. Maʼrupov, R. I. Danilova, F. J. Toʻlaganov, R. A. Aʼzamov, M. S. Abdullaxoʻjayeva, E. S. Qosimxoʻjayev, O. M. Azizova, V. A. Alimov, B. A. Maʼrupov va boshqa olimlar katta hissa qoʻshdilar.

Patologik anatomiyaning dolzarb masalalari defoli-antlar, gerbitsidlardan zaharlanish, geografik patologiya, yurak-tomir patologiyasi va infeksion kasalliklar, nerv sistemasi patologiyasi va boshqa ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda patologoanatomik xizmat koʻrsatadigan muntazam sistema ishlab turibdi. Viloyatlar markazida viloyat patologoanatomiya kengashlari barpo etilgan. Oʻzbekiston Patologik anatomiya marka-zi Patologik anatomiya xizmatiga tashkiliy-uslubiy va oʻquvilmiy jihatdan rahbarlik qiladi. Bu markazda bolalar kasalliklari, onalarda homiladorlik bilan bogʻliq patologiya muammolari ishlab chiqila-di va ilmiy ishlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda olib boriladi.

Hayvonlar Patologik anatomiyasi odam Patologik anatomiyasi muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq qolda rivoj topdi va umumiy, qiyosiy hamda ekspe-rimental patologiya uchun keng material manbai boʻldi. Bundan tashqari, hayvonlar kasalliklarining mohiyati va rivojlanishini oʻrganish, ular diagnostikasi, sud veterinariyasi hamda goʻsht va goʻsht mahsulotlarining veterinariyasanitariya ekspertizasi uchun hayvonlar P.axi mustaqil ahamiyatga ega.

Oʻzbekistonda veterinariya ilmiy tadqiqot instituta va oliy oʻquv yurtlarida Patologik anatomiya kafedralari, diagnostika lab.larida Patologik anatomiya boʻlimlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil