Olimpiada oʻyinlari
Olimpiya oʻyinlari — har toʻrt yilda oʻtkaziluvchi yirik xalqaro sport musobaqalari. Olimpiya oʻyinlari Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarining Yozgi va qishki oʻyinlari mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada oʻyinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi). Miloddan avvalgi 776-yildan boshlab milodiy 394-yilgacha har 4 yilda Olimpiya shahrida xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;
2) Yunonistonning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894-yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, ogʻir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosport, futbol, basketbol musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (qarang Qishki olimpiada).
Shior
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada shiori „Tezroq, balandroq, kuchliroq“ (lotincha: „Citius, altius, Fortius“) 1920-yildan olimpiada emblemasiga kiradi.
Ramz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiya oʻyinlarining ramzi - besh qitʼani ifoda etuvchi beshta birikkan xalqadan iborat. 5 halqa — olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qitʼa ramzi. Yuqori qatordagi ranglar: havorang - Yevropa, qora - Afrika, qizil - Amerika, pastki qatorda: sariq - Osiyo, yashil - Avstraliya.
Bayroq
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada bayrogʻi — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiya oʻyinlarida koʻtariladi. Olimpiya oʻyinlarining anʼanaviy atributa Olimpiada mashʼalasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos togʻ yon bagʻrida quyosh nurlaridan yondirilib, oʻyinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda oʻyinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi. Он
Olimpiya oʻyinlarining vujudga kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning 393-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.
Zamonaviy olimpiada oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya oʻyinlarida 1952-yildan buyon (1992-yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996-yildan buyon mustaqil davlat vakili sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996).[1]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining rasmiy sayti(ingl.)
- Olimpiya oʻyinlarining muzeyi(ingl.)
- Olimpiya oʻyinlari haqida rasmiy reportajlar (Wayback Machine saytida 12-iyun 2007-yil sanasida arxivlangan)(ingl.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |