2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2016 — XXXI Yozgi olimpiada oʻyinlari. Xalqaro olimpiada qoʻmitasining Kopengagen shahrida 2009-yil 2-oktabrda oʻtkazilgan 121-sessiyasida eʼlon qilingan.
Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi 2016-yilning 5—21-avgust kunlari 206 davlatdan kelgan 10 500 sportchini qabul qiladi. Musobaqalar 28 sport turida boʻlib oʻtadi. Musobaqalar shaharning 4 ta hududida — Barra, Marakana, Kopakabana, Deadoralarda — boʻlib oʻtadi.
Ovoz berish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomzodlar: Madrid ( Ispaniya), Chikago (AQSH), Tokio (Yaponiya), Rio-de-Janeyro (Braziliya)
Shahar | Davlat | 1-raund | 2-raund | 3-raund |
---|---|---|---|---|
Rio-de-Janeyro | Braziliya | 26 | 46 | 66 |
Madrid | Ispaniya | 28 | 29 | 32 |
Tokio | Yaponiya | 22 | 20 | — |
Chikago | AQSH | 18 | — | — |
Olimpiada mashʼalasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada mashʼalasi Braziliyaning 26 shtati 300 ta shaharidan olib oʻtiladi. Mashʼala oʻz yurishini 2016-yilning 3-mayida Gretsiyaning Afina shahridan boshlab, 5-avgust kuni Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimiga yetkaziladi.
Ochilish marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ochilish marosimi 5-avgust 2016-yilda mashhur „Marakana“ stadionida boʻlib oʻtdi.