Kontent qismiga oʻtish

Zevs

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zevs

Zevs — yunon afsonalarida oliy xudo; xudolar va odamlar hukmdori. Kronos va Reyaning oʻgʻli. Xudolarning uchinchi avlodiga mansub. Tartarda oʻz otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp togʻida hukmron boʻlgandan keyin zevs astasekin olamni qaytadan tuzadi, xudolarni yaratadi, qonunlar chiqaradi, tartib oʻrnatadi, fan, sanʼat, axloq meʼyorlari va hokazoni joriy etadi. Zevs xudolarning irodasini va yaxshi niyatlarini roʻyobga chiqaruvchi koʻplab qahramonlar (Gerakl, Persey) ning otasi. Ayni vaqtda zevs — dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yoʻq qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs toʻgʻrisidagi afsonalarning ayrim qismlari "Iliada", "Odisseya" va b. antik asarlarda bor. Qad. Rim afsonalarida zevs Yupiterga toʻgʻri keladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil