Oʻzbekiston havo kuchlari
Turi | Harbiy-havo kuchlari |
---|---|
Maqsadi | Havo janglari va havodan mudofaa |
Ishga tushgan sanasi | 1992-yil |
Joylashuvi | Toshkent |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Bahodir Qurbonov |
Ishchilar soni | 7500 |
Oʻzbekiston Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy havo kuchlari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi qoʻshin turi. 1992-yilda Oʻzbekiston hukumati tomonidan qurolli kuchlar tashkil qilingan boʻlsada, HHM va HHK Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin, 1991-yildayoq tuzilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng Oʻzbekiston Prezidentining 1992-yil 13-iyuldagi farmoniga asosan Toshkent shahrida joylashgan Turkiston harbiy okrugi 73-havo armiyasining Oʻzbekiston hududida joylashgan sobiq Sovet Harbiy-havo kuchlari boʻlinmalari Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtkazildi. 12-noyabr kuni Samarqanddagi 15-havo mudofaa diviziyasidan Sovet havo mudofaasi kuchlari boʻlinmalari qabul qilib olindi. 1992-yil oxiriga kelib, koʻpchilik oʻz mamlakati qurolli kuchlariga joʻnab ketganligi sababli oʻzbek boʻlinmalarida ofitserlar etishmovchiligi bilan bogʻliq yuzaga keldi. Kogondagi 396-alohida gvardiya vertolyot polki 1992-yil fevral oyida Oʻzbekiston Milliy gvardiyasiga oʻtkazilganligidan soʻng, uch kunlik ish tashlash uyushtirilgani bu tendentsiyaga misol boʻla oladi. Bu holat Oʻzbekiston Mudofaa vazirining aralashib, polkning asosan rossiyalik shaxsiy tarkibiga yangi lavozimlar topishga ruxsat bergani bilan yakunlandi, natijada 90%dan ortiq ofitser va posbonlar Rossiyaga joʻnab ketdi. 1993-yilning birinchi kunida Oʻzbekiston Bosh shtabining 1992-yil 3-noyabrda eʼlon qilgan dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tarqatib yuborilgan 73-havo kuchlari boʻlinmasining shtab-kvartirasidan Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlarining shtab-kvartirasini tuzdi.
Qoʻmondonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- General-mayor Tohir Yusupov (1992)
- General-mayor Abdulla Xolmuhamedov (2003-2008)
- General-mayor Ahmad Burhonov (2018-yildan hozirgacha)
Aerodrom va bazalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarshi-Xonobod aerodromi – 60-alohida aralash aviatsiya brigadasi. 35 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritmoqda. Sovet davrida aerodromda bombardimonchi aviatsiya polki joylashgan. Uchish-qoʻnish yoʻlagi beton (2500×60 m). Bir vaqtning oʻzida 80 tagacha samolyot sigʻdira oladi.
Toshkent-sharqiy aerodromi (sobiq) – Alohida aralash aviatsiya eskadroni.Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan sobiq harbiy aerodrom. Afgʻon urushi (1979—1989) davrida aerodromdan keng foydalanilgan. 2007-yilda aerodrom Toshkent aviatsiya zavodidan Oʻzbekiston havo yoʻllari tasarrufiga oʻtgan. 2018-yilda esa Oʻzbekiston temir yoʻllariga oʻtkaziladi va shu yildan fuqarolik aeroport majmuasi qurilishi boshlanadi.
Kakaydi aerodromi – Alohida aralash aviatsiya brigadasi. Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan harbiy aerodrom. 30 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritmoqda. Afgʻon urushi davrida Sovet Ittifoqi Qurolli Kuchlari tomonidan foydalanilgan asosiy harbiy aviabaza. Uchish-qoʻnish yoʻlagi beton (2200×50 m). Bir vaqtning oʻzida 80 tagacha samolyot sigʻdira oladi.
Chirchiq aerodromi – 66-alohida vertolyot polki. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan harbiy aerodrom. Toshkent harbiy okrugiga qarashli.
Kogon aerodromi – 65-alohida vertolyot polki. Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan harbiy aerodrom. 30 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritmoqda. Sovet davrida aerodromda jangovar vertolyotlar polki joylashgan. Uchish-qoʻnish yoʻlagi beton (2000×50 m). Bir vaqtning oʻzida 50 tadan 70 tagacha samolyot va vertolyotlar sigʻdira oladi.