Afgʻon urushi (1979—1989)
Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan.
Yangi hukumat Afgʻonistondagi real hayotni hisobga olmay islohotlar oʻtkazishga kirishdi. Bu islohotlar SSSRda oʻtkazilgan islohotlar andozasiga oʻtish edi. Shuning uchun ham Afgʻoniston xalqi bu islohotlarni qabul qilmadi. Ruhoniylar hukumat siyosatini islom asoslaridan qaytish, deb baholadi. Ular aholini sovetparast hukumatga qarshi kurashga chaqirdi. Millionlab xalq Pokiston va Eron hududiga qochib oʻtdi. Hukumatga qarshi kuchlar ittifoqi vujudga keldi. AXDPda birlik boʻlmadi. 1978-yil 17-avgustda B. Karmal, Abdulqodir va boshqalar fitnada ayblanib qamoqqa olindi. Bu omil mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishini muqarrar qilib qoʻydi. Bu e’lon qilinmagan urushni Gʻarb ragʻbatlantirdi. Buning ustiga AXDP ichida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Shunday sharoitda, 1979-yil sentabr oyida Taraqqiy oʻldirildi. Hokimiyatni uning oʻrinbosari, suiqasd tashkilotchisi H. Amin egalladi. Mamlakatda terror va zoʻravonlik avj oldi. Aprel inqilobi shu bilan barham topdi. Aprel toʻntarishi va uning oqibatlari 271 Bu davrga kelib qurolli muxolifat kurashni kuchaytirdi. Ular Amin hukumatini qiyin ahvolga solib qoʻydi. Hukumat qoʻshinlari nazorati ixtiyorida faqat Kobul va yana bir nechta shahar qoldi, xolos. Shunday sharoitda Afgʻonistonning oʻz strategik maqsadlari doirasidan chiqib ketishini istamagan SSSR avantyuraga qoʻl urdi. 1979-yil 25-dekabrda SSSRning qoʻli bilan Amin hukumati agʻdarildi. SSSRga sodiq boʻlgan va Pragadagi elchilik vazifasidan Afgʻonistonga kelgan B. Karmal prezidentlik lavozimiga oʻtkazildi. 28-dekabrda SSSR oʻz harbiy qismlarini Afgʻonistonga kiritdi. Tez orada bu qoʻshinlar soni 85 ming kishiga yetdi. Jahon jamoatchiligi SSSRning bu harakatini qattiq qoraladi. Ayni paytda sovet – amerika munosabatlari yanada keskinlashdi. 1982-yildan Jenevada bu masalada BMT komissiyasi ishladi. Asosan Pokiston hududiga joylashgan muxolifatchi kuchlari AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi. SSSR qoʻshinlari Afgʻonistonda 10 yil turdi. Harbiy operatsiyalarda qatnashdi. Biroq u himoya qilgan rejim hech nimaga erisha olmadi. Xoʻsh, nega shunday boʻldi? Chunki Afgʻoniston hukumati sovet nusxasidagi jamiyatni qurmoqchi boʻlgan edi. Afgʻonistonda bunday jamiyatni qurishning esa iloji yoʻq edi. Ikkinchidan, afgʻon xalqi koʻz oʻngida yangi hukumat ateistik davlat armiyasini oʻz davlati hududiga kiritib katta gunohga botgan edi. Bunday hukumatni qoʻllash esa undan-da katta gunoh boʻlur edi. Shu tariqa SSSR Afgʻonistonda harbiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni yaxshi anglab yetgan M. S. Gorbachyov SSSR armiyasini Afgʻonistondan olib chiqib ketishga qaror qildi. Va 1989-yilning fevral oyida bu vazifa amalda bajarildi. 15 mingdan ortiq sovet jangchilari halok boʻldi.
Sovet o'z hududini janubga qarab kengaytirish ilinjida Afgʻoniston yerlariga yana ko'z olaytira boshlagan edi. O'z siyosatini, mafkurasini Afg'on yerida majburlash kuch ishlatish yo'liga o'ta boshladilar. SSSR armiyasi tish tirnog'igacha qurollangan holda tank o'qotar qurollar zirhli texnika va aeroflot xizmatidan foydalangan holda ochiqchasiga Afgʻoniston davlatiga Anneksiya harakatida bosqinchilikni boshladilar. Hatto BMT ham Gegamon davlatlar ham bunga qattiq raddiyalarini berishdilar. Afgʻoniston mudofaasi dunyo ning Yirik qudratili armiyasining tajovuziga qarshi tura oldi. Ammo Million lab tinch aholisi qariyalar ayollar va bolalarni sovet bosqinchilari tomonidan vahshilarcha o'ldirilgan. SSSR ning dunyodagi mavqeyi tobora yomonlashib boraverdi va bu Sovet davlatini parchalanishiga olib keldi.
Halok boʻlganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yil Afgʻoniston prezidenti Najibullo bergan statistikaga koʻra urushda 243 ming 900 nafar odam vafot etgan. Shundan 35 ming 700 nafari ayol, 20 ming 700 nafari yosh bola. Qolganlari harbiy xizmatchilar va fuqaro erkaklar. 77 ming kishi esa yaralangan yoki nogiron boʻlgan.
AQSh manbalarida esa Sovet-Afgʻon urushida bir million odam halok boʻlgani keltiradi. Ahmad Shoh Masʼud esa bir yarim million odam halok boʻlgani, besh million odam mamlakatdan qochib chiqib ketgani haqida maʼlumot bergan. Biroq hozirda Afgʻoniston hukumati oʻn yillik urushda 330 ming afgʻon halok boʻlganini aytmoqda.
Oʻn yillik urushda sobiq Ittifoq armiyasidan 14 ming 427 askar va ofitserlar, KGBning 576 ta xodimi, ichki ishlar Vazirligining 28 xodimi, oʻsha paytda SSSR chegarasida turgan 514 ta chegarachi halok boʻldi. 416 ming kishi esa kasallik (kontuziya, asab va b.) orttirib olishdi.
Afgʻon urushida ishtirok etgan sovet armiyasi 650 ming harbiy xizmatchidan iborat edi. Eng koʻp halok boʻlish 1984-yilga toʻgʻri keldi. Oʻsha yilning oʻzida sovet armiyasidan 2 ming 343 ta askar va ofitserlar oʻldirildi. Sovet armiyasidan jami 417 ta harbiy xizmatchi asirga tushdi yoki bedarak yoʻqoldi. Shundan 130 tasi urush vaqtida asirlikdan ozod qilindi. Asirlarni ozod qilishda AQSh ham ishtirok etdi. Taxminan 30 kishi asirlikdan keyin SSSRga qaytmay, Yevropa va Amerikada yashashga qaror qildi. Shulardan uch kishi keyinchalik vataniga qaytdi.
Qurol-aslahalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urushda Afgʻonistonning 362 ta tanki, 804 ta bronatransportyori, 120 ta samolyoti, 169 ta vertolyoti mujohidlar tomonidan yoʻq qilindi. Shuningdek, mujohidlar SSSRning 147 tankini, 1 ming 314 ta bronamashinasi (BTR, BMP va h.)ni, 510 ta injenerlik mashinasini, 11 ming 369 ta yuk va benzovoz mashinalarini, 433 ta artilleriya texnikasini, 118 ta samolyotini, 333 ta vertolyotini yakson etishdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Goodson, P. L. Afghanistanʼs Endless War: State Failure, Regional Politics, and the Rise of …. pp. 147, 165. [1]
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedOily
- ↑ 3,0 3,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedBrzezinski
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedWilson
- ↑ „"Reagan Doctrine, 1985," United States State Department“. State.gov. 2007-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-fevral.
- ↑ Interview with Dr. Zbigniew Brzezinski — (13-iyun 1997-yil). Part 2. Episode 17. Good Guys, Bad Guys. 13-iyun 1997-yil.
- ↑ Corera, Gordon. MI6: Life and Death in the British Secret Service. London: Phoenix, 2011. ISBN 978-0753828335.
- ↑ Shichor. pp157-158
- ↑ Crile, George. Charlie Wilson's War: The Extraordinary Story of the Largest Covert Operation in History. Atlantic Monthly Press, 2003. ISBN 0-87113-854-9.
- ↑ Saudi Arabia and the Future of Afghanistan, 2014-10-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-27
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedvfw.org
- ↑ Associated Press. „Russia asks Afghanistan for help with over 200 Soviet troops missing since war in 1980s“ (15-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 10-iyul 2013-yil.
- ↑ Antonio Giustozzi. War, politics and society in Afghanistan, 1978–1992. Hurst, 2000. ISBN 1-85065-396-8. „A tentative estimate for total mujahideen losses in 1980-02 may be in the 150–180,000 range, with maybe half of them killed.“