Toshkent-sharqiy aerodromi
Qiyofa
Toshkent-sharqiy aerodromi Тошкент–шарқий аэродроми | |||
---|---|---|---|
Fayl:UTTP-air.png | |||
IATA kodi: none – ICAO kodi: UTTP | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | harbiy va maxsus yuklar tashish, o'quv-amaliyot ishlari uchun | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
Xizmat doirasi | Toshkent viloyati | ||
Joylashuvi | Qibray tumani | ||
Koordinatalari | 41°18′42″N 69°23′30″E / 41.31167°N 69.39167°E |
Toshkent-Vostochniy — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli boʻlgan, harbiy va maxsus yuklar tashish, oʻquv-amaliyot ishlari uchun moʻljallangan aerodrom. Avval V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasiga qarashli edi. 2007-yilda Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasiga berildi. 2017-yilning 30-iyun kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Toshkent-Sharqiy“ aerodromi bazasida fuqarolik (ishchi) aviatsiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish" toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilingan[1]. Shu qaror asosida „Toshkent-Sharqiy“ aerodromi fuqarolik aviatsiyasi uchun moslashtiriladi, uning bazasida oliy darajadagi mehmonlarni kutib olish uchun aviatsiya majmuasi barpo etiladi.