Kontent qismiga oʻtish

Ramalla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ramalla (arab nomi—Ramallah maʼnosi „Xudoning tepaligi“) – Falastinning markaziy Gʻarbiy sohildagi shahri boʻlib, Falastin Davlatining amaldagi maʼmuriy poytaxti boʻlib xizmat qiladi. U Yahudiy togʻlarida, Quddusdan 10 km shimolda, dengiz sathidan oʻrtacha 872 metr balandlikda, va al-Birehga tutash joyda joylashgan[1]. Ramallada Buyuk shoh Hirod davrida toshlardan yasalgan binolar mavjud, ammo 11-asrdagi Salib yurishlaridan oldingi davrdan hech qanday toʻliq bino mavjud emas[1]. Zamonaviy shahar 16-asrda Gʻasoniylar avlodidan boʻlgan arab nasroniy urugʻidan bo\lgan Hadadinlar tomonidan asos solingan.
1517-yilda shahar Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan va 1920-yilda Birinchi jahon urushi paytida Birlashgan Qirollik tomonidan bosib olingan[1].
1948-yilgi Arab-Isroil urushi butun Gʻarbiy sohilni, shu jumladan Ramallani ham Transjordaniya tomonidan bosib olingan va qoʻshib olingan. Ramalla keyinroq 1967-yilgi Olti kunlik urushda Isroil tomonidan bosib olingan. 1995-yildagi Oslo kelishuvlaridan buyon Ramalla Gʻarbiy Sohilning A hududining bir qismi sifatida PNA tomonidan boshqariladi.

Qadimgi davrlar
Ramalla shahri yaqinidan qadimiy tosh qabrlari topilgan[2].Qurilish maydonidan janubda joylashgan Tell-en-Nasbeh, Bibliyadagi Mispah joylashgan boʻlishi mumkin boʻlgan arxeologik joy[1].

Ramalla shaharidagi bir qancha binolar Buyuk Hirod hukmronligi davriga (mil. avv. 37–4) oid toshlardan qurilgan[1].

Salibchilar davri
Shahardan salibchilarning Ayyubiylar sulolasi va ilk Usmonlilar davriga oid kulol parchalari ham topilgan[3].

Ramalla shahari Salibchilarning „Ramaliya“ deb nomlangan joyi deb hisoblanadi[4][5].Bu shaharda Salibchilar davridan qolgan, „al-Burj“ deb nomlangan arkli eshikli bino qoldiqlari topilgan[6], lekin binoning asl xizmat vazifasi aniqlanmagan[7].

Usmoniylar davri
Ramalla shahri 1517-yilda butun Falastina bilan birgalikta Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kiritilgan. 1596-yilda soliq tizimlarida Quds Livosining bir qismi boʻlgan Quds nahiyasida roʻyxatga olingan. Unda 71 xonadon nasroniy va 9 xonadon musulmon boʻlgan. Ular bugʻdoy, arpa, zaytun, uzum yoki mevali daraxtlar, echki yoki asalari uyalariga 25% miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasini toʻlagan; jami 9400 akçe boʻlgan. Daromadning hammasi vaqf soligʻiga ketgan [8] .

Zamonaviy Ramalla shahri 1500-yillarning oʻrtalarida Gʻassoniy nasroniylaridan boʻlgan Haddadinlar tomonidan tashkil etilgan. Haddodinlar (hozirgi Jadalloh oilasining ajdodlari va boshqalar) va ularning yetakchisi Rashid al-Haddiddin Iordan daryosining sharqidan Qorak va Shoubak hududlaridan kelgan[9]. Haddoddinlar koʻchishi oʻsha hududdagi urugʻlar oʻrtasidagi janglar va tartibsizliklar bogʻliq boʻlgan.

Haddoddinni Ramallaning togʻli hududi oʻziga tortgan, chunki shahar uning oʻzi kelgan hududga oʻxshash togʻli hudud edi. Bundan tashqari, qaʼlin oʻrmonli hudud uni temirchilik uchun yoqilgʻi bilan taʼminlashi mumkin edi[9].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Ramallah | town, West Bank | Britannica“ (en). www.britannica.com. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  2. Conder & Kitchener 1883, s. 155
  3. Finkelstein & Lederman 1997, s. 353
  4. Rey 1883, s. 389
  5. Prawer and Benvenisti, 1970, cited in Finkelstein and Lederman, 1997, p. 353
  6. Pringle 1997, s. 90
  7. Pringle 1997, s. 12
  8. Hütteroth & Abdulfattah 1977, s. 121
  9. 9,0 9,1 „American Federation of Ramallah Palestine“. 2008-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.