Kontent qismiga oʻtish

Al-Quvayt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuvayt, Al-Kuvayt – Kuvaytning poytaxti. Fors qoʻltigʻidagi Kuvayt buxtasining janubiy sohilida. Aholisi 1 million kishi (1998). Iqlimi quruq tropik iqlim, oʻrtacha temperatura yanvarda 11°, iyulda 34°, yillik yogʻin 1000 mm dan ziyod. Kuvayt 18-asr boshidan qurila boshlagan. 1756-yildan Saboh amirligining poytaxti. 1871-yilda Kuvaytni turklar, 1899-yilda inglizlar bosib olgan. 1961-yildan mustaqil mamlakat poytaxti.

Mamlakatning savdo-moliya va taqsimot markazi. Kuvayt – yirik dengiz porti (mamlakat importining 70% Kuvayt orqali oʻtadi). Avtomobil yoʻllari tuguni. Savdo firmalari, hukumat banklari, asosan, Al-Quvayt Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, sovitkich, televizorlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat, sement, neft kimyosi, kema remonti korxonalari, dengiz suvini chuchuklantirib beruvchi zavod, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Milliy universitet (1966), ilmiy tadqiqot institutlari (neft geologiyasi boʻyicha), markaziy kutubxona (1936), etnografiya va arxeologiya muzeylari va boshqa bor. 6-asrda qurilgan qad. ibodatxona qoldiqlari saqlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil