Kontent qismiga oʻtish

Manama

Koordinatalari: 26°13′0″N 50°34′0″E / 26.21667°N 50.56667°E / 26.21667; 50.56667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manama

المنامة
26°13′0″N 50°34′0″E / 26.21667°N 50.56667°E / 26.21667; 50.56667
Mamlakat Bahrayn
Hukumat
 • gubernator Hisham Bin Abdulrahmon Bin Muhammad Al Halifa
Ilk eslatilishi 1345
Maydon 30 km2 (12 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Arab tili|arabcha
Aholisi
 (2010)
157,474
Zichligi 5304 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Manama xaritada
Manama

Manama (arab. المنامة Al-Manāmah) — Bahrayn davlatining poytaxti (1971-yildan). Bahrayn orolining shimoli-sharqiy qismidagi Ar-Rummon yarim orolida joylashgan. Aholisi shahar atrofi bilan 157,4 ming kishi (2010).

Shahar bir necha bor bosqinchilikni boshidan kechirdi. 1521-yil shaharni portugallar bosib oldi. 1783-yildan boshlab Halifaxlar sulolalasining qoʻliga oʻtdi. 1971-yildan boshlab Bahraynning poytaxtiga aylandi.

Mamlakatning Fors qoʻltigʻidagi asosiy porti. Damba orqali Muharrak orolidagi Muharrak shahri bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Manamada neftni qayta ishlash zavodi, neft kimyosi kombinati, alyuminiy zavodi, kema taʼmirlash korxonasi, mayda va oʻrta yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor[1]. Hunarmandchilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid va sadaf olinadi.[2]

Iqlimi tropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati 16 °C, avgustniki 37 °C. Yiliga oʻrtacha 90 mm yogʻin yogʻadi.

Manama iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 5,0 8,2 10,0 13,4 15,9 19,8 25,7 24,2 23,3 19,5 12,1 8,2 5,0
Oʻrtacha maksimal, °C 20,1 21,5 24,9 30,0 35,3 37,8 39,0 38,9 37,0 33,6 28,0 22,7 30,7
Oʻrtacha harorat, °C 17,0 18,0 20,9 25,5 30,6 33,2 34,6 34,6 32,8 29,6 24,4 19,4 26,7
Oʻrtacha minimal, °C 14,5 15,5 17,6 21,0 25,2 27,1 28,5 28,9 27,1 24,4 20,7 16,8 22,3
Mutlaq minimal, °C 27,8 33,8 38,1 41,1 46,2 47,3 47,5 45,6 45,5 42,8 37,2 30,6 47,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 14,6 16,0 13,9 10,0 1,1 0,0 0,0 0,0 0,0 0,5 3,8 10,9 70,8
Manba: Ob-havo va iqlim

Hamdoʻst shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Elsheshtawy, Yasser. The evolving Arab city: tradition, modernity and urban development. Routledge, 2011 — 198-bet. ISBN 1134128215. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.