Kontent qismiga oʻtish

Muhabbat Yoʻldosheva (yozuvchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu maqola yozuvchi haqida. Aktrisa haqida Muhabbat Yoʻldosheva maqolasiga qarang.

Yoʻldosheva Muhabbat Husniddinovna
Asl ismi Йўлдошева Муҳаббат Ҳусниддиновна
Tavalludi 22-mart 1964-yil (1964-03-22) (60 yosh)
Toshkent viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish bolalar yozuvchisi
Shoh asari "Qirmizi olma"
"Kovatok"
"Qarindoshlar"

Yoʻldosheva Muhabbat Husniddinovna (oʻzbekcha: Йўлдошева Муҳаббат Ҳусниддиновна; 1964-yil 22-mart, Toshkent viloyati) — fantast-yozuvchi, jurnalist, ssenarist, kinotarjimon. 1989-yildan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].

Bolaligi va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1964-yil 22-martda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

1981-yilda Toshkent viloyatidagi 16-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan.

1987-yilda Toshkent politexnika institutining togʻ-metallurgiya fakultetini bitirgan.

1999-2019 yillar davomida 400dan oshiq badiiy film va 23 ta teleserialni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Uning fantastik hikoya va ertaklari ingliz, serb, hind, bengal, koreys, qozoq, xitoy, ukrain, belarus, vetnam va rus tillariga tarjima qilingan. Asarlari Misr, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Angliya, Pokiston, Ukraina, Qozogʻiston, Vetnam va boshqa mamlakatlarda nashr qilingan.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Kentavr“ (fantastik hikoyalar to‘plami, „Yosh gvardiya“, Toshkent, 1988 y.)
  2. „Buyuk sut daryosi“ (ertak-qissa, „Zarqalam“, Toshkent, 2006)
  3. „Xiyonat tuni“ (hikoyalar to‘plami, „Dizayn-Press“, Toshkent, 2012)
  4. „Koʻhi Qof shahzodasi“ (ssenariy, Janubiy Koreya, 2013)
  5. „Great Dairy River“ (ertaklar, „Amazon Inc“, AQSh, 2017)
  6. „Qaynona“ (hikoyalar, „Adabiyot uchqunlari“, Toshkent, 2017)
  7. „Yulduzlarni yutgan tun“ (hikoyalar, „Adabiyot uchqunlari“, T., 2017)[2]
  8. „O‘gay ota“ (hikoyalar, „Donish chirog‘i“, Toshkent, 2019)
  9. „Mening bulut do‘stlarim“ (ACC nashriyoti, Janubiy Koreya, 2020)
  10. „Buyuk sut daryosi“ (ertaklar, „Donish chirog‘i“, Toshkent, 2020)
  11. „Arazlagan qish“ (ertaklar, „Yurist-media markazi“, T., 2021)
  12. „Sayohatchi pingvincha“ (ertaklar, „Yurist-media markazi“, T., 2021)[3]
  13. „Ertakchi sichqon“ (ertaklar, „Best-Book“, T., 2022)
  14. „O‘rdakchalarning siri“ (ertaklar, „Future-Books“, T., 2022)
  15. „Erkatoy qovun“ (ertaklar, „Future-Books“, T., 2022)
  1. „Samoviy qotil“ (detektiv hikoyalar, „Chashma-Print“, T., 2012)
  2. „O‘yla va boy bo‘l“ (mual.: Napoleon Hill, T., 2016)
  3. „XV-XVI asrlar kitob sanʼati durdonalarida Alisher Navoiy asarlari“ (mual.: O.Vasilyeva, 2016)
  4. „Samoviy qotil“ (detektiv, „Adabiyot uchqunlari“, T., 2017)
  5. „O‘g‘ri ayol“ (detektiv, „Adabiyot uchqunlari“, T., 2017)
  6. „Advokat“ (detektiv, „Adabiyot uchqunlari“, T., 2017)
  7. „Alkimyogarning qora kitobi“ (mual.: Baxtiyor Abdug‘afur, Moskva, 2018)
  8. „Oltin meros“ (mual.: Napoleon Hill, saylanma: „Bir yilda boy bo‘lish“, „Omad zinasi“, „Fikrlang va boying“, „Farovonlik sirlari“, „Boyish qoidalari“, nashriyot — „Adabiyot uchqunlari“, T., 2018)
  9. „Oʻzbek ayol“ (mual.: Baxtiyor Abdug‘afur, „Veche“, Moskva, 2020)
  10. „Yangi tug‘ilganlar“ (mual.: Stephenie Meyer, „Tafakkur“, T., 2020)[4]
  11. „Turkiston instituti“ (mual.: Aleksey Tenchoy, Moskva, 2021)[5]
  12. „O‘yla va boy bo‘l“ (mual.: Napoleon Hill, „Donish chirog‘i“, T., 2021)
  13. „Professor Douelning boshi“ (mual.: Aleksandr Belyayev, „O‘zbekiston“, T., 2021)
  14. „Oq Bim Qora Quloq“ (mual.: G.Troepolskiy, „O‘zbekiston“, T., 2021)
  15. „Sohildagi uy“ (mual.: Yu. Trifonov, "O‘zbekiston, T., 2021)
  16. „G‘oliblikka erishish sirlari“ (mual.: Dale Carnegie, saylanma: „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“, „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“, „O‘ziga ishonish va odamlarga taʼsir o‘tkazish“, „Future-Books“, T., 2021).

Moskvada oʻtkazilgan „Belaya Skrijal“ Xalqaro hikoyalar tanlovida Bolalar adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻlgan. 2013-yilda Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlarining miflari, ertaklari va afsonalari asosidagi ssenariylar Xalqaro tanlovida „Koʻhi-Qof shahzodasi“ nomli badiiy film ssenariysi bilan 1-oʻrinni egallagan. 2022-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan „Ayolga ehtirom“ adabiy tanlovining gʻolibasi boʻlgan[6].

2019-yilda „HUMO“ xalqaro ertaklar tanloviga asos solgan.

Qizi — Gulnoz Tojiboyeva, bolalar yozuvchisi va tarjimon.

Oʻgʻli — Xurshid Tojiboyev, bolalar yozuvchisi, tarjimon va sportchi[7].