Kontent qismiga oʻtish

Moʻynuddin Hoji Naqshband

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyid Moʻynuddin Hoji Naqshband

Naqshband Sohib ziyoratgohi
Tavalludi 1674
Vafoti 1674-yil 5-may
Unvoni
  • Imom ul-Avliyo Alloh (Allohning Avliyo imomi)
  • Padshahi Avliyo (Avliyolar shohi)
  • Sayyid ul Sadoat (Sadoat rahbari)
  • Vali-ulloh (Allohning doʻsti)
  • Mahbub Rasululloh (Paygʻambarning mahbubi)
  • Farzandi dilband Shohi Naqshband (Shoh Naqshbandning suyukli oʻgʻli)
  • Ar-Rizo (Allohning irodasiga rozi boʻlgan)
  • Al Mutavakkal ala Alloh (Allohga tavakkul qiluvchi)
  • Qutb/Gʻavs (o‘z davrining eng oliy avliyosi)
  • Imomzoda (imomlar o‘g‘li)
  • Sayyid ul-Siddiqun (Haqiqatgoʻylar rahnamosi)
  • Naqshband Sohib


Moʻynuddin Hoji Gʻiloniy-Naqshband al-Hasaniy val-Husayniy (vaf. 1674-yil 5-may), „Hazrati Naqshband Sohib“ nomi bilan mashhur boʻlgan buxorolik sunniy avliyo va otasi Hazrati Eshon esa Muhammad paygʻambarning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodlaridan boʻlgan. Otasi Xoʻja Bahouddin Naqshbandning 7-avlodi va merosxoʻri. Moʻynuddin Naqshband otasining oʻrniga Silsilai Oliya Naqshbandiyasiga rahbarlik qilgan[1].

Hazrati Moʻynuddin Hodi Naqshband qizi Fotimayi Zahro va uning kuyovi va amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib orqali Islom paygʻambari Muhammadning bevosita avlodi boʻlgan sayyid boʻlgan[2].

Ota ajdodlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda shjaraviy sayyidlar avlodi maʼlum. Birinchi shajaraga koʻra u yettinchi imom Muso al-Kozimning oʻgʻli Ibrohim Murtazo va taniqli soʻfiy ustoz Xoʻja Sayyid Mir Olovuddin Ator avlodi. Sayyid Olovuddin Ator hazrat Bahouddin Naqshbandning davomchisi va kuyovi boʻlgan. Demak, Hazrati Eshon ham Hazrati Bahouddin Naqshband avlodlaridandir. Bahouddin Naqshbandning oʻzi oʻn birinchi imom Hasan Askariyning oʻgʻli Sayyid Ali Akbar orqali, shuningdek, buvisi orqali Sayyid Abdulqodir Gʻiloniyning naslidan boʻlgan[3][4][5][6]. Hazrati Eshon Sohibning soʻfiy avliyo Farididin Attor bilan yaqin aloqalari ham borligi maʼlum[7].

Xoʻja Moʻynuddin Hoji Naqshbandiy dastlabki taʼlimni otasi Hazrati Eshonxondan olgan, soʻngra taniqli hanafiy olimi Xoʻja Abdulhaq Muhaddis Dehlaviy qoʻl ostida hadis ilmlarini oʻrgangan. U yaxshi talaba sifatida Xoʻja Dehlaviydan hadis va fiqh boʻyicha ijozasini olgan va otasi bilan birga Lahor va Kashmirda naqshbandiya yoʻlini targʻib qilgan. Shoh Jahonning iltimosiga koʻra otasini Lahorga kuzatib qoʻygan va otasi vafotidan keyin Kashmirga qaytib kelgan va bu yerda shohning vakili sifatida xizmatda boʻlgan. Oʻz davrining qutbi sifatida Panjob va Kashmirdagi islom ulamolari uning fiqhiga bogʻlanganlar. Shu bois koʻplab asarlar yozgan, ulardan biri oʻzining „Futuvi Naqhbandiya“ nomli fatvolarining qoʻlyozmasi boʻlib, ulardan oʻz davri ulamolari foyda olishgan[8].

Xoʻja Moʻynuddin Hoji Naqshband koʻplab kitoblar yozgan[9]:

  • Futavo Naqshbandiya
  • Kanzul Saodat
  • Mirat ul-kalob
  • Sairi Xayr ul-Bashar
  • Mirotu Tayiba
  • Risol dar Ahvoli Xoʻja xvoand Mahmud
  • Maqamat, Mashariq ul-Anvar
  • Risola dar raddi-Mulahida
  • Tafsiri Mushif Majid
  • Risola Raddi

Ruhiy darajoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Moʻynuddin Hoji Naqshband oʻz davrining oliy martabali valiysi qutbi boʻlgan. Qutb — bu butun olamning samoviy rahbari va Muhammad paygʻambarning solih davomchisi sifatida tanilganlardir. Aytishlaricha, Eshonxon hazrat oʻz naslidan bir oʻgʻil yetishib, uning maʼnaviy nasl-nasabi va merosini tiklab, oʻzidan keyin qutb boʻlib oʻrnini egallashini aytib ketgan. Naqshbandiyaning kutilgan davomchisi esa Sayyid ul Sadoat hazratlari Sayyid Mirjon boʻlgan[1][10].

Xoʻja Moʻynuddin Hoji Naqshbandning oʻrniga uning nabirasi Nizomiddin Naqshband oʻtgan, chunki undan oldin uch oʻgʻli Xoʻja Joniy, Xoʻja Ziyo va Xoʻja Sharifiddin Muhammad vafot etgan. Xoʻja Sharifiddin Muhammadning oʻgʻli Xoja Nizomuddin Naqshbandiy hali yosh boʻlgani uchun Xoja Moʻynuddin Naqshbandning rafiqasi Sohibgul Begim naqshbandiya masʼuliyatini oʻz zimmasiga olgan. Xoʻja Moʻynuddin Naqshbandning nasli keyinchalik uning avlodi Xoʻja Kamoliddin naqshbandiy shahid boʻlgandan soʻng yoʻq boʻlib ketgan, lekin XIX asr oʻrtalarida uning shajarasi Sayyid ul Sadoat hazrat Sayyid Mirjon Naqshband tomonidan qayta tiklangan[1][11].

  1. 1,0 1,1 1,2 Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan(genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore)
  2. Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan(genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore), p. 57-63
  3. „Naqshbandiya shajarasi izidan“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  4. „Ҳазрат Хожа Баҳоуддин Нақшбанд“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  5. Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan(genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore) p. 57-63
  6. „Shajara-e-nasab lineages of descendants of Imam Hasan al-Askari r.a.-Shajara.org“ (en-EN). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  7. Damrel in Forgotten Grace, p. 20, l. 13-16
  8. „Hazrat Khwaja Moinud'din Naqshbandi (radiallahu anhu):The Ziyarat Of Khwaja Naqshbandh at Khwaja Bazar Srinagar“ (2015-yil 24-may).
  9. Forgotten Grace, David Damrel, p. 1-9
  10. Sufi Sheikhs of Pakistan and Afghanistan
  11. Nicholson, Reynold (2000). Kashf al-Mahjub of al-Hajvari. E. J. W. Gibb Memorial.