Mirzakarim Norbekov
Mirzakarim Norbekov | |
---|---|
Tavalludi |
17-noyabr 1957-yil Oʻsmat, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR |
Kasbi | Tabiblik |
Ilmiy darajasi | Pedagogika va psixologiya fan doktori |
Ilmiy unvoni | Professor |
Dini | Islom |
Veb-sayt | norbekov.com |
Mirzakarim Norbekov (1957-yil 17-noyabr, Oʻsmat, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik tabib, pedagogika va psixologiya fan doktori, tibbiyot falsafasi boʻyicha doktorlik unvoni sohibi, professor[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzakarim Norbekov Sanaqulovich 1957-yil 17-noyabrda Jizzax viloyati Baxmal tumani Oʻsmat shaharchasida tugʻilgan. Otasi Sanakul Norboyevich Norbekov, Michurin sovxozining bosh buxgalteri, onasi Jumagul Norbekova esa uy bekasi boʻlgan. Ularning 7 farzandi bor boʻlgan[2].
1975-yilda armiyaga borgan. Mirzakarim u yerdagi janjal tufayli nogiron boʻlib qoladi. Bundan keyin u Sayyid Muhammad Hasan bilan uchrashib qoladi va uni daʼvolaydi. Shu sababdan Mirzakarim unga shogirt tushib, sharq tabobatini oʻrganishni boshlaydi[2].
1982–1990-yilllarda Andijon paxtachilik institutida (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) „Agronomiya“ mutaxassisligi boʻyicha tahsil oladi. Talabalik paytida mustaqil ravishda karate bilan shugʻullanib, qora belbogʻ sohibiga aylanadi va shu sport turi boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. U faqat jismonan emas, balki maʼnan kamol topishiga ham ahamiyat beradi va tabobatni oʻrganishda davom etadi. Institutni bitirgandan keyin u oʻzining davolash tizimini yaratib, Oʻzbekistonda qoʻllashni boshlaydi va u tez ommalashadi. Soʻng u Rossiyada ham qoʻllash uchun 1990-yillarning boshlarida Moskvaga boradi[2].
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Ruscha nomi | Nashriyot | Yil | ISBN | Izoh |
---|---|---|---|---|---|
Oʻz ustingda ishla | Работа над собой | „Adabyot uchqunlari“ | 2015 | ISBN 978-9943-987-94-4 | |
Tentakning hayot tajribasi yoxud koʻzning ochilishiga kalit. Koʻzoynakdan qutulish | |||||
Успех на вашу голову и как его ибежать | |||||
Большая книга о новой жизни | |||||
Энергетическая клизма, или триумф тети Нюры из Простодырово | |||||
Тайна здоровья и молодости, или как заразиться любовью к себе | |||||
Salomatlik kaliti yoxud koʻzoynaksiz hayot sari | Опыт дурака, или ключ к прозрению | ||||
Million tekin maslahat topish yoʻli yoxud joʻjalar qayerda qishlaydi? | Где зимует кузькина мат, или Как достать халявный миллион решений | ||||
Tentakning tajribasi 1. Yoxud koʻzoynaksiz hayot sari | Опыт дурака 1 | Spectrum media group | 2016 | ISBN 978-9943-999-27-5 | |
Tentakning tajribasi 2. Oʻzlikni anglatuvchi yoʻlning kalitlari | Опыт дурака 2. Ключи к самому себе | 2018 | ISBN 978-9943-4598-8-5 | ||
Tentakning tajribasi 3 | Опыт дурака 3. Как жить и добро наживать: самостоятельное производство семейного счастья и домашних условий | ISBN 978-9943-4602-2-5 | |||
Опыт дурака 5: Ошибки которые совершают люди | |||||
Tana va ruhni tarbiyalash | Обучение телу и духе | ISBN 978-9943-999-74-9 | |||
Hayotingizni barbod qiladigan 20 ta xato | 2021 | ISBN 978-9943-7633-9-5 | Maykl Rouch bilan hamkorlikda |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mirzakarim Norbekov“. Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Центр Норбекова. „Мирзакарим Санакулович Норбеков“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 30-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Mirzakarim Norbekov mavzusiga oid fayllar bor. |