Kontent qismiga oʻtish

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
Аndijon paxtachilik instituti

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti qish faslida
Xalqaro nomi
Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies
Turi institut
Asos solingan sanasi 1964-yil
Rektori Komilov Komiljon Sobirovich
Fakultetlar 5
Veb-sayti andqxai.uz

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti — Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan institut hisoblanadi. Institut 1964-yil iyun oyida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali bazasida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Institut tuzilmasida 5 ta fakultet, 21 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi boʻlimlari, axborot-resurs markazi hamda akademik litsey mavjud.

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti 1964-yil Toshkent davlat agrar universiteti negizida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan edi[1].

1992-yil Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil 15-martdagi farmoniga asosan Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xoʻjalik instituti tashkil etildi.

2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018-yil 8-maydagi „Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-3704-son qarori asosida Andijon qishloq xoʻjalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali tashkil etildi.

2020-yil — Shavkat Mirziyoevning 2020-yildagi PQ-4795-son qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali negizida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi[2].

Oʻquv faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
px250
AndQXAI talabalar yotoqxonasi

Institut tuzilmasida 5 ta fakultet, 21 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi boʻlimlari, axborot-resurs markazi hamda akademik litsey mavjud.

Fakultetlar:

  • Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti
  • Oʻsimliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti
  • Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti
  • Agrobiologiya fakulteti
  • Agroinjeneriya va Gedromelioratsiya fakultetiti

Oʻqish muddati:

Bakalavriatura: kunduzgi — 4 yil, sirtqi — 5 yil, maxsus sirtqi — 3 yil

Magistratura — 2 yil;

Fan va tadqiqotlar: Ilmiy yoʻnalishlar va olimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining xodimi Abdullayev Orifjon Odiljon oʻgʻli Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan „Turk dunyosining eng yaxshi oʻqituvchilari“ xalqaro tanlovida gʻolib boʻldi[3].

  1. „Taʼlim muassasasi 1964-yil iyun oyida tashkil etilgan“.
  2. „Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi“.
  3. „Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining yosh xodimi “Turk dunyosining eng yaxshi oʻqituvchilari” xalqaro tanlovida gʻolib qoʻlga boʻldi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.