Kaʼb ibn Zuhayr
Kaʼb ibn Zuhayr كعب بن زهير | |
---|---|
Tavalludi |
VII asr Arabiston |
Vafoti |
662 Arabiston |
Taxallusi | Kaʼb |
Ijod qilgan tillari | Arab tili |
Ota-onasi | Zuhayr (otasi) |
Qarindoshlari | Bujayr ibn Zuhayr (akasi) |
Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Kaʼb ibn Zuhayr (arabcha: كعب بن زهير) – VII asrda yashab ijod etgan arab shoiri va islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi.
Kaʼb ibn Zuhayr islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammad maqtab yozilgan „Bānat Suʿād“ qasidasining muallifi[1]. Ushbu asar arab tilidagi birinchi madh etib yozilgan qasida boʻlgan[2]. Sheʼr Muhammad paygʻambarning libosi – burda haqida yozilgan. Kaʼb ibn Zuhayr islomni qabul qilganidan keyin Muhammadning oldida shu sheʼrni oʻqib beradi. Paygʻambar sheʼrdan shu qadar taʼsirlanadiki, kiyimini yechib, shoirning ustiga oʻrab qoʻyadi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Muhammadning madh etib yozilgan ushbu burdasi yodgorlik sifatida saqlanib qolgan. Muhammad paygʻambar al-Busiriyga tushida, Kaʼb ibn Zuhayrga esa oʻngida oʻz libosini kiydirgan boʻlsa-da, burda haqida yozilgan Kaʼb ibn Zuhayrning qasidasi imom al-Busiriy yozgan asar kabi mashhur emas.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kaʼb Ibn Zuhayr bolaligidan sheʼr yozishni boshlagan. Otasi ham oʻsha davrning taniqli shoirlaridan biri boʻlgan va toki fikri va nutqi mustahkamlanmagunga qadar oʻgʻliga sheʼr yozishni taʼqiqlab qoʻygan. Shunga qaramay, ibn Zuhayr sheʼr yozishda davom etadi. Bir kuni ota oʻgʻlini sinovdan oʻtkazadi, ibn Zuhayr ushbu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtadi va nihoyat, otasi Kaʼbga sheʼr yozishga ruxsat beradi. Sheʼrlar mashq qilishda davom etgan ibn Zuhayr oʻz davrining taniqli shoiriga aylanadi[3].
Islomni qabul qilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asta-sekinlik bilan kishilar islomni qabul qilib, musulmon boʻlayotgan davrda, Kaʼb va uning akasi Bujayr ham paygʻambar Muhammadning oldiga boradi, lekin birdan Kaʼbning niyati oʻzgaradi va ortiga qaytadi. Akasi Bujayr esa Muhammadning islomni qabul qiladi va musulmon boʻladi. Kaʼb akasining islomni qabul qilganidan xabar topgach, u va Muhammad haqida kinoyali sheʼr yozadi. Bundan xabar topgan Muhammad paygʻambar Kaʼb ibn Zuhayrga jazo eʼlon qiladi. Shunda ukasi Bujayr Kaʼbga Muhammadning istigʻforini soʻrashni maslahat beradi. Avvaliga Kaʼb akasining gapiga quloq solmay, bu masalada boshqalardan yordam soʻray boshlaydi. Ammo keyin xalifa Abu Bakr Siddiq orqali Muhammadning huzuriga kirishga izn oladi va islomni qabul qiladi. Oʻsha vaqtda Kaʼb ibn Zuhayr birinchi madhiya asar „Bānat Suʿād“ni oʻqiydi[2].
Sheʼriyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kaʼb ibn Zuhayrning otasi ham mashhur shoir boʻlganligi sababli yoshligidan sheʼriyat muhitida katta boʻladi. Shu bois kichikligidanoq sheʼr yoza boshlaydi va kelajakda mashhur shoirga aylanadi. Tanqidchi Xalful Ahmarning aytishicha, agar Zuhayr mashhur boʻlgan bir sheʼrini yaratmaganida, uni oʻgʻli Kaʼbdan ham mashhur shoir deb hisoblashmagan boʻlar edi. Yana bir munaqqidning aytishicha, agar Kaʼb ibn Zuhayr oʻtkir tilda sheʼr yozmaganida, otasidek buyuk shoir boʻlishi mumkin edi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Michael A. Sells and M. J. Sells, Bānat Suʿād: translation and introduction, Journal of Arabic Literature Vol. 21, No. 2 (Sep., 1990), pp. 140-154
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Tarikhul adab AL arabi by Ahmad Hasan zaiyaat, ISBN 9953850097.
- ↑ Arbi adab ki tarikh by Muhammad Kazem
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Penzer, Norman Mosley. „The Harem“, Chapter XI
- The Burda of Hadrat Kaʼb bin Zuhair