Burda
Qiyofa
Burda (lug‘atdagi ma’nosi chakmon) - bu o‘rinda Muhammad (s.a.v.) chakmoni nazarda tutilgan. Madinada ilk islom davrining mashhur shoirlaridan Ka’b ibn Zuhayr (vaf. 662 y.) o‘z she’rini o‘qiganda, zavqlanib ketgan Rasullulloh (s.a.v.) chakmonini yechib shoirning yelkasiga tashlagan ekan. Bunday saxovatdan shoir ilhomlanib, ko‘p o‘tmay “Qasidatul-burda” (“Chakmon qasidasi”) she’rini yozgan. Qasida tezda mashhur bo‘lib ketgan va uzoq vaqt tildan tushmagan. She’r 58 baytli lomildan iborat, basit bahrida aytilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 105.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.