Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Yaman milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Yaman milliy futbol terma jamoasi 1965–1989 yillarda faoliyat yuritgan
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Soqoor Al-Janoub (The South Falcons) (Janub lochinlari)
Assotsiatsiya Janubiy Yaman Futbol Federatsiyasi
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Abubakar Al-Mass (12)
Eng yaxshi toʻpurar Mohammed Hussein (3)
Uy stadioni 22 May stadioni
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
Birinchi xalqaro oʻyin
 Falastin 1-0  Janubiy Yaman
(Qohira, Birlashgan Arab Respublikasi; 2 Sentyabr 1965)[1]
Oxirgi xalqaro oʻyin
 Janubiy Yaman 1-0  Gvineya-Bisau
(Al-Quvayt, Quvayt; 5 Noyabr 1989)
Eng yirik gʻalaba
 Janubiy Yaman 2-0 Iroq 
(Adan, Janubiy Yaman; 2 May 1974)
 Janubiy Yaman 2-0  Mavritaniya
(Damashq, Suriya; 12 Oktyabr 1976)[2]
Eng yirik magʻlubiyat
 Jazoir 15-1 Janubiy Yaman 
(Tripoli, Liviya; 17 Avgust 1973)
Birlashgan Arab Respublikasi 14-0  Janubiy Yaman
(Qohira, Birlashgan Arab Respublikasi; 3 Sentyabr 1965)
OFK Kubogi
Ishtiroki 1 (Ilk marta 1976-yili)
Eng yaxshi natijasi Guruh bosqichi (1976)

Janubiy Yaman milliy futbol jamoasi (arab. منتخب اليمن الجنوبي الوطني لكرة القدم) 1965-1989 yillar oraligʻida Janubiy Yaman terma jamoasi boʻlgan. Jamoa 1976-yilda Osiyo Kubogi finalida qatnashgan, Eronga 0-1 hisobida magʻlub boʻlgan.Janubiy Yaman terma jamoasining yagona Jahon chempionati saralash ishtiroki 1986-yilgi FIFA Jahon chempionati hisoblanadi va birinchi raundda Bahrayn terma jamoasidan uchralgan magʻlubiyat tufayli saralashni erta tark etgan.

Jamoa 1990-yilda Janubiy Yaman Shimoliy Yaman bilan birlashib Yamanni tashkil qilgach, o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1990-yildan keyingi tafsilotlar uchun Yaman milliy futbol terma jamoasi maqolasiga qarang.

Janubiy Yamandagi birinchi xalqaro turnir 1965-yilgi Pan Arab oʻyinlari boʻlib, oʻsha paytda Adan koloniyasi (Birlashgan Qirollikning mustamlakasi) edi. Musobaqa Birlashgan Arab Respublikasida boʻlib oʻtdi va terma jamoa guruh bosqichida Falastinga 1:0, Birlashgan Arab Respublikasiga 14:0, Iroqqa 6:0 va Livanga 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.

1976-yilgi Osiyo kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Yaman terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yagona ishtiroki Eronda boʻlib oʻtgan 1976-yilgi OFK Osiyo Kubogi hisoblanadi. Ular mezbon Eron va Iroq bilan „B“ guruhidan joy oldi. Janubiy Yaman guruh bosqichida Iroqqa 0:1, keyin esa Eronga 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.

1986-yilgi jahon chempionati saralashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Yaman 1986-yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralashida final bosqichiga chiqish uchun kurash olib bordi. Ular Eron va Bahraynga qarshi 1-turda A zonasining 4-guruhidan joy oldi. Eron oʻyinlarini Eron-Iroq urushidan uzoqda neytral maydonlarga koʻchirishdan bosh tortgani uchun oʻyinlar boshlanishidan oldin diskvalifikatsiya qilindi. Janubiy Yaman 1985-yil 12-martda Bahraynni qabul qildi va Adan shahridagi Mortayer-Yardda (hozirgi 22-may stadioni) 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 12-aprel kuni ular Manamadagi Bahrayn milliy stadionida boʻlgan oʻyinning dastlabki taymida 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq Bahrayn terma jamoasi 2 ta gol urib hisobni 3:3 koʻrinishiga olib keldi va oʻyin durang bilan tugadi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra Bahrayn keyingi bosqichga chiqdi.

Jamoa Pld G' D M GF GA GD Pts
 Bahrayn 2 1 1 0 7 4 +3 3
 Janubiy Yaman 2 0 1 1 4 7 −3 1
 Eron Diskvalifikatsiya qilingan

Janubiy Yaman terma jamoasi xalqaro futbol debyutini 1965-yil 2-sentyabrda Misrning Qohira shahrida boʻlib oʻtgan 1965-yilgi Pan Arab oʻyinlarida oʻtkazdi. Ular birinchi oʻyinda mezbonlar (Birlashgan Arab Respublikasi sifatida oʻynagan) bilan oʻynadi va 14:0 hisobida magʻlub boʻldi. Bu ularning javob gol ura olmagan eng yirik magʻlubiyati boʻldi. Janubiy Yaman guruhdagi qolgan uchta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi: Falastinga 1:0, keyin esa Livanga 4:3. Janubiy Yaman 1972- yil 10-yanvargacha boshqa oʻyin oʻtkazmadi, keyinchalik terma jamoa oʻz uyida Jazoirga 4:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Terma jamoaga qarshi oʻynagan jamoalar bilan oʻzaro statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Raqib P W D M GF GA GD
 Jazoir 2 0 0 2 2 19 -17
 Xitoy 3 0 0 3 8 17 -9
 Bahrayn 3 0 1 2 4 9 -5
 Jibuti 1 0 0 1 1 4 -3
 Misr 2 0 0 2 0 19 -19
Efiopiya bayrogʻi Efiopiya 1 0 1 0 1 1 0
 Gvineya 1 1 0 0 1 0 1
 Indoneziya 1 0 0 1 0 1 -1
 Eron 3 0 0 3 0 12 -12
 Iroq 6 1 0 5 4 18 -14
 Yaponiya 1 0 0 1 1 3 -2
 Iordaniya 2 1 0 1 4 4 0
 Quvayt 1 0 0 1 1 5 -4
 Livan 1 0 0 1 3 4 -1
 Liviya 1 0 0 1 0 10 -10
 Mavritaniya 1 1 0 0 2 0 2
 Marokash 1 0 0 1 0 4 -4
 Falastin 3 1 1 1 2 2 0
 Qatar 1 1 0 0 2 1 1
 Saudiya Arabistoni 2 2 0 0 2 0 2
 Janubiy Koreya 2 0 1 1 1 4 -3
 Sudan 1 0 0 0 1 1 -1
 Suriya 3 1 0 2 3 4 -1
 Birlashgan Arab Amirliklari 1 0 1 0 0 0 0
Jami 44 9 5 30 41 142 -101
  1. „South Yemen - List of International Matches“.
  2. „South Yemen - List of International Matches“. www.rsssf.com. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  3. „الرياضة في عدن“. aden7hurra.blogspot.com. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  4. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  5. FIFA.com „1986 FIFA World Cup Mexico ™ - Matches - Yemen PDR-Bahrain“. FIFA.com. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  6. FIFA.com „1986 FIFA World Cup Mexico ™ - Matches - Bahrain-Yemen PDR“. FIFA.com. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  7. „Statistics: Iran [ Team Melli“]. www.teammelli.com. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.