Grenlandiya dengizi
| |
Joylashuvi | Shimoliy Amerika va Shimoliy Yevropa |
Koordinatalari | 76°N 8°W / 76°N 8°W |
Okean tipi | dengiz |
Havzaga aloqador oʻlkalar | Grenlandiya, Islandiya va Norvegiya |
Yuzasi | 1,205,000 km2 (465,300 kv mi) |
Oʻrtacha chuqurligi | 1,444 m (4,738 ft) |
Eng katta chuqurligi | 4,846 m (15,899 ft) |
Suv hajmi | 1,747,250 km3 (419,000 cu mi) |
Manbalar | [1][2] |
Grenlandiya dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi hisoblanadi. Grenlandiya, Shpitsbergen, Medvejiy, Islandiya, Yanmayen orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 1,205,000 km2 (465,300 kv mi) ni tashkil etadi. Oʻrtacha chuqurligi 1444 m boʻlib, eng chuqur joyi 5527 m ni tashkil etadi. Oʻrtacha suv hajmi 1740 km3 ga teng.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grenlandiya dengizining iqlimi sovuq, arktika iqlimiga xosdir. Dengizning gʻarbidan Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi, sharqidan esa Golfstrimning tarmogʻi boʻlgan — Shpitsbergen iliq oqimi oʻtadi. Suvning oʻrtacha temperaturasi shimoliy qismida fevralda —6 C dan past, janub va janubi-sharqida 1—2° C, avgustda shimoliy-gʻarbida 0 °C dan past, janubiy-sharqida 6 °C gacha yetadi. Oʻrtacha shoʻrligi 33—35 promilliga teng. Har 12 soatda suv sathi 4,4 m gacha koʻtarilib, pasayib turadi. Suvining rangi koʻpincha yashil tusda boʻladi. Grenlandiya dengizida kit va Grenlandiya tyuleni shuningdek, baliqlar ovlanadi. Asosiy portlari: Barensburg (Shpitsbergen orolida), Akyureyri (Islandiya orolida) hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Greenland Sea“ (ru). Great Soviet Encyclopedia. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Greenland Sea“. Encyclopædia Britannica on-line.
- ↑ "Grenlandiya dengizi" OʻzME. G-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |