Sulu
Qiyofa
Sulu — Tinch okean nin g orollararo dengizi, Filippin va Kalimantan o.lari oraligʻida. Sulu o.lari uni Sulavesi dengizidan, Palavan o. esa Janubiy Xitoy dengizidan ajratib turadi. Maydoni 335 ming km². Eng chuqur joyi 5576 m. Suvining yuza katlamidagi temperatura qishda 25°, yozda 29°. Shoʻrligi 33— 34,5%o. Dengiz tubi vulkan va terrigen jinslari aralashgan balchikdan iborat. Janubiy qirgʻoklari yaqinida marjon riflari bor. Suv koʻtarilishi xdr yarim sutkada takrorlanadi (bal. 2–3 m). Baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi. Yirik portlari: PuertoPrinsesa, Iloilo, Zamboanga, Sandakan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |