Kontent qismiga oʻtish

Fors koʻrfazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fors koʻrfazining fazodan koʻrinishi

Fors koʻrfazi[1], (forscha: خليج فارسXalij-e Fârs, arabcha: الخليج الفارسي - al-Khalīj al-arabi) — Eron va Arabiston yarimoroli oʻrtasidagi koʻrfaz. Ormuz boʻgʻozi orqali Ummon koʻrfazi, Arabiston dengizi va Hind okeani bilan birlashgan.

Quyidagi davlatlar qirgʻoqlari Fors koʻrfazi bilan yuvilib turiladi: Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Iroq va Ummon. Koʻrfazga Tigris va Yevfrat daryolari kelib qoʻyiladi. Fors koʻrfazi neft zahiralariga boy boʻlgani bois geosiyosiy ahamiyatga ega hudud. Shundan 1991-yilgi urush Koʻrfaz urushi nomini olgan. (Aslida mojaroning katta qismi quruqlikda sodir boʻlgan boʻlsada. Gidrologik, gidroximik va boshqa xususiyatlariga koʻra, Fors koʻrfazi dengiz deb yuritiladi.[2]


  1. ASE, cild IV, məqalə: İran körfəzi
  2. "Fors koʻrfazi" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil