Oxota dengizi
Qiyofa
Oxota dengizi | |
---|---|
| |
Koordinatalari | 55°N 150°E / 55°N 150°E |
Yuzasi | 1 583 000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 859 m |
Suv hajmi | 1 316 000 km3 |
Oxota dengizi — Tinch okeandagi yarim berk dengiz, Osiyo materigining sharqiy sohili bilan chegaradosh. Okeandan Kamchatka yarim orol, Kuril orollari va Xokkaydo orollari ajratib turadi. Nevelskiy, Tatar va Laperuz boʻgʻozlari orqali Yapon dengizi, Kuril boʻgʻozi orqali Tinch okean bilan tutashgan. Maydoni 1603 ming km². Eng chuqur joyi 3521 m. Shimoliy dan janubga 2445 km choʻzilgan, eng keng joyi 1407 km. Qirgʻoqlari kam parchalangan. Shimoli-sharqida Shelixov, janubiy qismida Aniva, Saxalin va boshqa qoʻltiqlar joylashgan. Dengizga Amur daryosi qoʻyiladi. Suvining temperaturasi qishda 1,8— 2°, yezda 1,5 dan 15° gacha, shoʻrligi 32,8— 33,8°/OO. Baliq ovlanib kelinadi. Asosiy portlari: Magadan, Oxotsk, Korsakov, Se-vero-Kurilsk.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |