Foydalanuvchi:Oblakulova/Al-Mustadiy
Oblakulova/Al-Mustadiy | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Amir al-Moʻminin | |||||
Bagʻdod xalifaligining 33-xalifasi Bagʻdodda Bagʻdod xalifaligi | |||||
Saltanat | 1170-yil 18-dekabr – 1180-yil 27-mart | ||||
Oʻtmishdoshi | al-Mustanjid | ||||
Davomchisi | an-Nosir li-dinillah | ||||
Tugʻilishi |
1142-yil Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi | ||||
Vafoti |
1180-yil 27-mart (38 yoshda) | ||||
Turmush oʻrtogʻi |
Sayyida Zumurrud xotun Banafsha bint Abdulloh al-Rumiyya Sharaf xotun Xtalj xotun al-Abbosa | ||||
Farzandlari |
An-Nosir Abu Mansur Hoshim | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | al-Mustanjid | ||||
Onasi | Gʻadda | ||||
Dini | Islom, sunniylik |
Abu Muhammad Hasan ibn Yusuf al-Mustanjid (arabcha: أبو محمد حسن بن يوسف المستنجد), al-Mustadiy (arabcha: المستضيء بأمر الله) shoh nomi bilan mashhur (1142 -yilda tug'ilgan — 1180-yil 27-martda vafot etgan) 1170—1180-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. 1170-yilda otasi al-Mustanjidning o‘rniga xalifalikka tayinlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1142-yilda tug'ilgan al-Mustadiy xalifa al-Mustanjid va uning arman kanizagi G‘addaning o'g'li bo'lgan[1]. Toʻliq ismi Hasan ibn Yusuf al-Mustanjid, kunyasi Abu Muhammad edi. Unga 5-xalifa Hasan ibn Alining ismi qo'yilgan. 1170-yil 18-dekabrda otasi al-Mustanjid vafot etgach, al-Mustadiy xalifalik taxtiga oʻtirgan.
Al-Mustadiy hukmronligi o'zining keng ko'lamli qurilish ishlari bilan mashhur. U Bag‘dodda X asrda abbosiy xalifa al-Muktafiy (h. 902–908) tomonidan qurilgan at-Toj saroyini qayta qurganligi, shuningdek, masjidlar, maktablar, diniy vaqflar qurilishi bo‘yicha katta loyiha bo‘lganligi aytiladi. Uning ikki turmush o'rtog'i Sayyida Banafsha va Zumurrud xotun xalifaning bu boradagi sa'y-harakatlarda, ayniqsa, samarali ravishda yordam bergan. Sayyida Banafsha hanbaliylik mazhabining izdoshi boʻlib, hijriy 570-yilda (milodiy 1174) Bagʻdodda oʻz nomi bilan atalgan koʻprik qurdirgan[2].
Al-Mustadiy vaqti-vaqti bilan mahalliy yurishlarni amalga oshirish uchun yetarli bo'lgan kichik bir kuch tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Salohuddin al-Ayyubiy oʻz hukmronligi davrida Fotimiylar xalifaligini tugatib, Misr sultoni etib tayinlandi va Abbosiylarga sodiqligini eʼlon qildi.
1169-yil oxiriga kelib Salohuddin Nuriddin qo'shinlari bilan birgalikda Dumyot yaqinida yirik Salibchilar va Vizantiya qo'shinini mag'lub etdi. Keyinchalik, 1170-yilning bahorida Nuriddin Salohuddinning iltimosi, shuningdek, Bag'dodda joylashgan Abbosiy xalifasi al-Mustanjidning da'vatiga binoan Salohuddinning otasini Misrga jo'natdi. Bunga sabab al-Mustanjid Salohuddinga raqib xalifani taxtdan tushirishida bosim o'tkazishni maqsad qilgan edi[3] Salohuddinning o'zi esa Misrdagi hokimiyatini mustahkamlab, uni qo'llab-quvvatlovchi harbiy bazani kengaytirib bordi. Salohuddin o'z oila a'zolariga mintaqadagi yuqori lavozimlarni bera boshladi. Shaharda sunniy islomning molikiylik bo'limi, shuningdek, al-Fustatda o'zi e'tiqod qiluvchi shofi'iylik mazhabi uchun ilmiy markaz qurishni buyurdi[3].
Misrda mustahkam oʻrnashib olganidan soʻng Salohuddin salibchilarga qarshi yurish boshlab, 1170-yilda Dorumni qamal qildi[3]. Quddus qiroli Amalric Dorumni himoya qilishda unga yordam berish uchun Templar garnizonini G'azzadan olib chiqdi, ammo Salohuddin 1187-yilda G'azoni egallab oldi. 1191-yilda Salohuddin G'azzada qirol Baldwin III tomonidan Templar ritsarlari uchun qurilgan istehkomlarni vayron qildi[4]. Shuningdek, o'sha yili Aqaba ko'rfazining boshidagi orolda qurilgan Eilat salibchilar qal'asiga ham hujum qilib, qal'ani egallab oldi. Bu narsa musulmonlar dengiz flotining ushbu hududni kesib o'tishi uchun xavf tug'dirmadi, biroq musulmon kemalarining kichikroq guruhlarini bezovta qilishi mumkin edi. Shu sababli Salohuddin uni o'z yo'lidan tozalashga qaror qildi[3].
Imodiddinning yozishicha, Nuriddin Salohuddinga 1171-yilning iyun oyida maktub yozib, unga Misrda Abbosiylar xalifaligini qayta tiklashni taklif qilgan. Oradan 2 oy o'tib, Solohuddin mamlakatdagi shia hukmronligiga keskin qarshi chiqqan shofi'iy faqihi Najmiddin al-Xabushoniyning qo'shimcha yordami bilan ushbu taklifni qabul qilgan. Harakat natijasida bir qancha Misr amirlari o'ldirildi, al-Adidga esa amirlarning unga qarshi isyon ko'targani uchun o'ldirilgani aytildi. Shundan keyin al-Adid kasallikka chalingan yoki zaharlangan edi. Bemorlik chog'ida al-Adid Salohuddindan o'zining yosh bolalariga g'amxo'rlik qilishini so'rash maqsadida oldiga tashrif buyurishini so'ragan, biroq Salohuddin Abbosiylarga xiyonat qilishdan qo'rqib, uning taklifini rad etgan va oldiga bormagan. Biroq keyinchalik u al-Adid aslida nima istayotganini tushunib, qilgan ishidan pushaymon bo'lgan[3]. Al-Adid o'sha yilning 13-sentyabrida vafot etgan. Oradan 5 kun o'tib, Qohira va al-Fustotda Abbosiylar xutbasi eʼlon qilingan va al-Mustadiy xalifa deb eʼlon qilingan[3].
Xalifa al-Mustadiy hukmronligi davrida[5] Ibn al-Javziy “Bag‘doddagi eng nufuzli shaxslardan biri” sifatida e’tirof etila boshlandi[5]. Al-Mustadiyning o'zi ham hanbalizm tarafdori bo'lganligi sababli[5] Ibn al-Javziy Bag'dod bo'ylab uni targ'ib qilish huquqiga ega edi[5]. Ibn al-Javziyning 1172—1173-yillarda qilgan koʻplab vaʼzlari uning Bagʻdoddagi eng yirik olim sifatidagi obroʻsini yanada mustahkamladi. Olim tez orada shu qadar qadrlana boshladiki, al-Mustadiy hatto Saroy masjidida Ibn al-Javziy uchun maxsus supa (arabcha dikka) ham o'rnatdi[5]. Ibn al-Javziyning olim sifatidagi darajasi keyingi yillarda ham o‘sishda davom etdi[5].
1179-yilga kelib, Ibn al-Javziy 150 dan ortiq asar yozdi va Bag'doddagi 5 ta ilm markazlariga bir vaqtning o'zida rahbarlik qildi. Aynan o'sha paytda Javziy xalifa al-Mustadiyga mashhur fiqh olimini "Imom" deb atagan Ahmad ibn Hanbalning (vafoti: 855) qabriga yozuv o'yib yozishni taklif qilgan edi[6].
Xalifa al-Mustadiy 1180-yilda vafot etgan va uning o'rniga o'g'li an-Nosir xalifalik taxtiga o'tirgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Mustadiyning Zumurrud xotun ismli turk kanizagi bor edi. U bo'lajak xalifa Al-Nosirning onasi bo'lgan[7]. Zumurrud xotun 1202-yilning dekabr, 1203-yil yanvar[8] yoki 1203-yil yanvar-fevral[9] oylarida vafot etgan va Shayx Ma'ruf qabristonidagi o'z maqbarasiga dafn qilingan[10]. Al-Mustadiyning as-Sayyida Banafsha ismli yana bir kanizagi bo'lib[11], yunon millatiga mansub Abdullohning qizi edi. As-Sayyida al-Mustadiyning sevimli kanizaki hisoblangan[12]. U 1201-yil 27-dekabrda vafot etgan va Shayx Ma'ruf qabristonidagi Zumurrud xotun maqbarasiga dafn qilingan[12]. Xalifaning yana bir kanizagining ismi Sharof xotun edi. Sharof xotunning millati turk bo'lib, u shahzoda Abu Mansur Hoshimning onasi edi. Sharof xotun 1211-yil 27-dekabrda vafot etgan va Rusofa qabristoniga dafn qilingan[12]. Al-Mustadiyning bulardan tashqari Xtalj xotun va al-Abbosa ismli kanizaklari ham bo'lib, ularning ikkalasi ham turk bo'lgan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn al-Javziy arab musulmonlari huquqshunosi, voiz, notiq, bid'atshunos, an'anashunos, tarixchi, qozi, hagiograf va filolog bo'lgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oblakulova/Al-Mustadiy Tavalludi: 1142 Vafoti: 1180-yil 30-mart
| ||
Sunniylik unvonlari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Musulmon xalifalar Bagʻdod xalifaligi 1170-yil 20-dekabr – 1180-yil 30-mart |
Keyingisi |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- El-Hibri, Tayeb. [[[:Andoza:Google Books]] The Abbasid Caliphate: A History]. Cambridge and New York: Cambridge University Press, 2021. ISBN 978-1-107-18324-7.
- Lyons, Malcolm Cameron. [[[:Andoza:Gbooks]] Saladin: The Politics of the Holy War]. Cambridge: Cambridge University Press, 1982. ISBN 0-521-31739-8.
- Pringle, Denys. The Churches of the Crusader Kingdom of Jerusalem: Volume 3, The City of Jerusalem: A Corpus. Cambridge University Press, 1993. ISBN 978-0-521-39038-5.
- This text is adapted from William Muir's public domain, The Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall.
[[Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari]] [[Turkum:XII asr Abbosiy xalifalari]] [[Turkum:1180-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1142-yilda tugʻilganlar]]
- ↑ 1,0 1,1 Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ "The Revival of the Abbasids". The Abbasid Caliphate: A History p. 231. Tayeb El-Hibri. 2021. ISBN 9781107183247. https://books.google.com/books?id=FTMiEAAAQBAJ&dq=Seljuki+Khatun+and+al+nasir&pg=PA231.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Lyons & Jackson 1982.
- ↑ Pringle 1993.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Laoust, H., "Ibn al-D̲j̲awzī", in: Encyclopaedia of Islam, Second Edition, ed. P. Bearman, Th. Bianquis, C.E. Bosworth, E. van Donzel, W.P. Heinrichs.
- ↑ Ibn Kat̲h̲īr, Bidāya, Cairo 1351-8/1932-9, xii, 28–30
- ↑ Singer, A.. Constructing Ottoman Beneficence: An Imperial Soup Kitchen in Jerusalem, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 2002 — 146-bet. ISBN 978-0-7914-5351-3.
- ↑ al-Athīr, ʻIzz al-Dīn. Years 589-629/1193-1231, Crusade texts in translation. Ashgate, 2006 — 71-bet. ISBN 978-0-7546-4079-0.
- ↑ Ohlander, Erik. Sufism in an Age of Transition: ʿUmar al-Suhrawardī and the Rise of the Islamic Mystical Brotherhoods, Islamic History and Civilization. Brill, 2008 — 92-bet. ISBN 978-90-474-3214-2.
- ↑ Hann, G.. Iraq: The ancient sites and Iraqi Kurdistan, Bradt Travel Guides. Bradt Travel Guides, 2015 — 146-bet. ISBN 978-1-84162-488-4.
- ↑ El-Hibri, T.. The Abbasid Caliphate: A History. Cambridge University Press, 2021 — 231-bet. ISBN 978-1-107-18324-7.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 al-Sāʿī, Ibn. كتاب جهات الأئمة الخلفاء من الحرائر والإماء المسمى نساء الخلفاء: Women and the Court of Baghdad, Library of Arabic Literature. NYU Press, 2017 — 66–68-bet. ISBN 978-1-4798-6679-3.