Donetsk viloyati
| |||
Viloyat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 18 tuman, 52 shahar, 131 shtq, 1121 qishloq | ||
Maʼmuriy markazi | Donetsk | ||
Yirik shahari | Donetsk | ||
Boshqa yirik shaharlari |
Mariupol, Makeyevka, Gorlovka, Kramotorsk, Yenakiyeve, Slovyansk, Xartsizk, Yasinuvata, Baxmut, Chistyakove, Kostyantinivka, Toretsk, Pokrovsk, Snijne, Drujkivka, Dobropillya, Shaxtarsk, Selidove, Mirnohrad, Debaltseve, Liman | ||
Asos solingan sanasi | 1932 yil 2-iyul | ||
Viloyat davlat maʼmuriytining boshligʻi | Sergey Taruta | ||
Rasmiy tili | rus, ukrain | ||
Aholi (2013) |
4 356 392 kishi[1] (9,58 % , (1-oʻrin) | ||
Zichligi | 164,41 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | ukrainlar — 56,87 %, ruslar — 38,22 %, yunonlar — 1,6 %, beloruslar — 0,92 %, tatarlar — 0,40 %, armanlar — 0,33 %, yahudiylar — 0,18 % | ||
Maydoni | 26 517 km² (4,39 %, 11-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Eng past joyi |
336 m 0,4 m | ||
Vaqt mintaqasi | Andoza:EET | ||
Kod ISO 3166-2 | UA-14 | ||
Telefon kodi | +380 62 | ||
Pochta indeksi | 83xxx, 84xxx, 85xxx, 86xxx, 87xxx | ||
Internet domeni | donetsk.ua; dn.ua | ||
Avtomobil raqami kodi | АН, ЯН, ЕО, ЕН, ЕВ, ЕА, ЕК, ЕМ, ЕС | ||
Rasmiy sayti |
http://www.sovet.donbass.com www.donoda.gov.ua | ||
Xaritada | |||
48.14°0′0″N 37.74°0′0″E / 48.14000°N 37.74000°E |
Donetsk viloyati (1961-yilgacha Stalino viloyati) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-yil 17 iyulda tashkil etilgan. Ukrainaning janubi-sharqida. Maydon 26,5 ming km2. Aholisi 5125,4 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, yahudiy, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 18 tumanga boʻlingan, 49 shahar, 139 shaharcha bor. Markazi – Donetsk shahri.[2]
Donetsk viloyatining koʻp qismi dare vodiylari, jarlar oʻyib yuborgan toʻlqinsimon tekislikdan iborat (bal. 200 m gacha). Shimoli-sharqida Donetsk qirlari (bal. 350 m gacha), undan gʻarbda Dnepr boʻyi pasttekisligi, janubida Azov boʻyi qirlari bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda –7,8°, janubida –5,4°, iyulniki shimoli-sharqda 20,8°, janubida 22,8°. Yiliga 450–500 mm yogʻin yogʻadi. Yirik daryolari: Severskiy Donets, Samara, Volchya va boshqalar. Tuprogʻi koʻp qismida qora-tuproq. Oʻrmonlar bor. Azov dengizi sohilida choʻl oʻsimliklari oʻsadi.[2]
Donetsk viloyatida ogʻir sanoat (koʻmir qazib olish, metallurgiya va mashinasozlik) rivojlangan. Donetsk viloyati toshkoʻmir qazib olishda MDHda Rossiyadan keyin 2-oʻrinda turadi. Qora metallurgiyada ma-halliy koks va Krivoy Rog hamda Kerch rudasi va Nikopol marganetsi ishlatiladi. Artyomovsk rangli metall zavodi, Konstantinovka "Ukraink" zavodi, Nikitovka simob kombinati va Chasovni Yar oʻtga chidamli buyumlar kombinati ishlab turibdi.[2]
Donetsk viloyati ogʻir mashinasozlikning yirik markazlaridan. Koks kimyosi zavodlari bor. Yirik qurilish materiallari sanoatida sement, oyna, yigʻma temir-beton, shifer, asbest ishlab chiqariladi. Slavyanskda yirik kalam fabrikasi bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Energetika xoʻjaligi ma-halliy kumir va qisman boshqa yerlardan keltiriladigan neft bilan ishlaydi. Yirik GRESlar bor.[2]
Qishloq xoʻjaligi koʻp tarmokli, yuksak darajada mexanizatsiyalashgan. Gʻalla va texnika ekinlari, sabzavot-poliz, kartoshka va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik ham rivojlangan. Tokzorlar kengaytirilmoqda. Chorvachilikda koʻproq qoramol boqiladi; choʻchqachilik, qoʻychilik va parrandachilik ham rivojlangan.[2]
Temir yoʻlning asosiy magistrallari: Donbass–Harkov va Donbass–Dnepr boʻyi va boshqalar. Temir yoʻllar elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 8,2 ming km. Aeroportlari: Donetsk, Mariupol. Azov dengizi boʻyidagi yirik porti – Mariupol. Oliy oʻquv yurtlari, jamoat kutubxonalari, muzeylar, teatrlar ishlab turibdi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |