Kontent qismiga oʻtish

Liman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liman (yun. limen — gavan, qoʻltiqcha) — 1) qirgʻoqlari uncha baland boʻlmagan, lekin koʻpincha tik qirgʻoqli, choʻziq qoʻltiq. L. dengiz sohilining pasayib, tekisliklardagi daryo vodiylari va jarliklarning suv bosishidan hosil boʻladi. Koʻpincha daryo quyilish joyining davomidan iborat. L. maydoni bir necha m2 dan oʻnlab km² ga chiqish joyi dengizga tutash yoki sayozlik bilan ajralgan boʻladi. Dunayning quyilish joyidagi L. Girla deb ataladi. Azov va Qora dengizlarining shim. sohillarida L. koʻp. Bu yerlarda Hojibey, Dnepropetrovsk, Kuyalnik kabi katta L.lar bor. Koʻpincha, L.da mayda qum, alevrit va gil, shuningdek, organik moddalar toʻplanib, yonuvchi slanets, koʻmir, neft konlari va boksit yotqiziqlari hosil boʻlishi mumkin. Quruq iqlimli joylarda va materikdan chuchuk suv kam kelganda L. suvida tuzlar yoki tuzli loyqa choʻkib, shifobaxsh balchiq paydo boʻladi; 2) Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining qurgʻoqchil jan.-sharqiy rayonlaridagi sayoz koʻlmaklar. Bahorda L.ga qor-muz suvlari toʻlib, muvaqqat koʻllar hosil boʻladi, yozda esa qurib qoladi. Bunday L.lardan oʻtloq va xaydab ekin ekiladigan yer sifatida foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil