Volin viloyati
Volin viloyati — Ukrainaning shimoli-gʻarbidagi viloyat. 1939 yil 4 dekabrda tuzilgan. Maydon 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lutsk shahri.
Volin viloyatining koʻp qismi Polese pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shimoli-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 18,6°, yanvarniki −4,5°. Yiliga 550-600 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. Daryolari: Pripyatning bosh qismi va uning oʻng irmoqlari. Tuprogʻi chimli podzol va qrratuproq. Hududining ‘/5 kismi oʻrmon, ‘/4 kismi botqoqlik.
Oziq-ovqat (shakarqand, goʻsht), mashinasozlik (avtomobilsozlik, priborsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari, podshipniklar va boshqalar) sanoati yetakchi oʻrinda. Lvov-Volin havzasida koʻmir qazib chiqariladi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati korxonalaridan taxta tilish zavodlari (Suman. Zabolote, Kiversi), yogʻochsozlik (Kiversi), mebel kombinati (Suman) va kimyo-oʻrmon xoʻjaliklari (Lutsk, Kovel), yengil sanoat tarmoqlaridan tikuvchilik va poyabzal fabrikalari (Lutsk, Vladimir-Volinskiy va Kovel) bor. Donli ekinlar (kuzgi bugʻdoy, grechixa, arpa, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, tolali zigʻir), sabzavot, kartoshka ekiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik asosiy oʻrin tutadi. Qoʻy va echki ham boqiladi. Stir daryosida kema qatnaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |