Kontent qismiga oʻtish

Makeyevka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Makeyevka (1920-31 yillarda Dmitriyevsk) — Ukrainaning Donetsk viloyatidagi shahar (1925-yildan). Temir yoʻl styasi. Aholisi 401 ming kishi (1997). Toshkoʻmir qazib olinadi. Metallsozlik, koʻmir kombinatlari, quvur quyish, kokskimyo, sement zavodlari bor, konchilik asboblari va boshqa ishlab chikariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Muhandislik qurilish instituti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 1777-yildan maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil