Daniya milliy futbol terma jamoasi
Tahallusi |
De Rød-Hvide (The Red and Whites) Danish Dynamite | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Dansk Boldspil-Union (DBU) | ||
Konfederatsiya | UEFA (Europe) | ||
Bosh murabbiy | Kasper Hjulmand | ||
Sardor | Simon Kjær | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Peter Schmeichel (129) | ||
Eng yaxshi toʻpurar |
Poul "Tist" Nielsen Jon Dahl Tomasson (52) | ||
Uy stadioni | Parken Stadium | ||
FIFA kodi | DEN | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 19 ▬ (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 3 (May 1997, August 1997) | ||
Eng past | 51 (April 2017) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Daniya 9–0 France B (London, England; 19 October 1908) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Daniya 17–1 Fransiya (London, England; 22 October 1908) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Germaniya 8–0 Daniya (Breslau, Germany; 16 May 1937) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 6 (Ilk marta 1986-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Quarter-finals (1998) | ||
European Championship | |||
Ishtiroki | 9 (Ilk marta 1964-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (1992) | ||
CONMEBOL–UEFA Cup of Champions | |||
Istiroki | 1 (Ilk marta 1993-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Runners-up (1993) | ||
Konfederatsiyalar kubogi | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 1995-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (1995) |
Daniya milliy futbol terma jamoasi (Danish tili: Danmarks herre-fodboldlandshold yoki herrelandsholdet) xalqaro futbol musobaqalarida Daniya sharafini himoya qiladi. Terma jamoa DBU qoshida tashkil etilgan futbol klublari uchun boshqaruv organi boʻlgan Daniya Futbol Assotsiatsiyasi (DBU) tomonidan nazorat qilinadi. Daniyaning uy stadioni Kopengagenning Østerbro tumanidagi Parken stadioni. Daniya milliy jamoasining bosh murabbiyi Kasper Hjulmand.
Daniya 1906-yilgi Intercalated Games gʻolibi va 1908—1912-yilgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medal sohibi boʻlgan. 1986-yilgacha FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmagan.
Terma jamoa 1992-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida eng yorqin oʻyinlarini oʻtkazgan. Daniya yarim finalda amaldagi chempion Niderlandiyani, finalda esa jahon chempioni Germaniyani magʻlub etdi. 1995-yilgi Qirol Fahd kubogida ham finalda Argentinani magʻlub etishgan. Ularning jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi 1998-yilda qayd etilgan boʻlib, chorak finalgacha yetib borishgan. Braziliyaga qarshi chorak finalda 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
Jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya A-darajali erkaklar jamoasidan tashqari, Daniya ayollar terma jamoasi bilan ham xalqaro musobaqakarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayollar uchun turli yoshlar darajasidagi jamoalarga ega, ayniqsa 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoa koʻplab yutuqlarga erishgan[2]. Tarixan, A darajasidagi jamoa 1988-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan. Bugungi kunda Olimpiya oʻyinlarida 21 yoshgacha boʻlgan jamoalar qatnashadi. Daniyada A-darajali jamoa va yoshlar jamoalaridan tashqari, Ligalandsholdet nomli maxsus liga mavjud. Nordic ligalarida eng yaxshi Daniya futbolchilari oʻynashadi. Ligalandsholdet 1983-yilning yanvarida tashkil etilgan. 2005 va 2011-yillarni hisobga olmaganda, har yili Nordic ligalarining qishki tanaffuslarida milliy terma jamoa uchun norasmiy o‘yinlar o‘tkazib keladi. A-jamoasi uchun tanlangan daniyalik futbolchilar koʻpincha shimoliy mamlakatlardan tashqari ligalarda oʻynashadi. Shunday qilib, milliy terma jamoa bosh murabbiyi bir necha marta Ligalandsholdet tomonidan norasmiy oʻyinlar oʻtkazish A-jamoasiga yangi daniyalik boʻlajak oʻyinchilarni sinab koʻrish imkoniyati sifatida taʼkidlagan[3][4][5].
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1896-yil 12-aprelda Daniya XI jamoasi 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Gretsiyani 9-0 hisobida magʻlub etdi.
1897-yil 18-aprelda Gamburgda Daniya futbol assotsiatsiyasining seleksioner jamoasi Gamburg-Altona futbol assotsiatsiyasining seleksiya jamoasini 5000 tomoshabin ishtirokida 5:0 hisobida mag‘lub etgan.
1900—1906-yillardagi Olimpiada futbol musobaqasining dastlabki uchta mavsumi norasmiy maqomga ega edi, chunki bu olimpiada milliy futbol jamoalari uchun hali ochiq emas edi (faqat bir nechta davlatlardan uch yoki toʻrtta klub jamoalari qatnashgan). Daniya 1900 va 1904-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etmadi. Ammo keyingisida ishtirok etish uchun taklif olishgan. Daniya sharafini himoya qiladigan jamoa Kopengagen futbol assotsiatsiyasi futbolchilaridan tuzilgan(KBU). Ular Olimpiadada gʻolib chiqdilar va shu bilan norasmiy oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Ikki yil oʻtib, 1908-yilgi Olimpiya oʻyinlaridagi birinchi rasmiy futbol turnirida Daniya kumush medalni qoʻlga kiritdi. Keyingi Olimpiadada, 1912-yilda, jamoa yana kumush medalni qoʻlga kiritdi. 1920-yil avgustigacha jamoaning oltin davri davom etdi. Daniya Elo reytingiga koʻra dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi rasmiy milliy futbol oʻyini 1908-yil 19-oktyabrda Londondagi Olimpiya oʻyinlari paytida oʻtkazilgan. Daniya turnirning chorak finalida Fransiyaning ikkinchi jamoasini 9:0 hisobida mag‘lub etdi.
Daniya FIFA Jahon Chempionatidan oldingi davrda sezilarli oʻrin egallagan boʻlsada, 1930-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmadi. Mamlakatning ajoyib futbol isteʼdodlarini yetishtirish qobiliyatiga qaramasdan, Daniya Futbol Ittifoqi (DBU) faqat milliy terma jamoani oʻrtoqlik oʻyinlariga va mintaqaviy turnirlarga joʻnata olar edi. DBU milliy terma jamoaga yana Olimpiada oʻyinlarida qatnashishni boshlashga ruxsat berdi va 1948-yilgi Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, jamoa faqat 1952-yilgi Olimpiadada chorak finalga chiqdi. DBU keyingi 1956-yilgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashmaslikni eʼlon qildi. Daniyaning eng yaxshi futbolchilarining aksariyati yashash uchun chet elga koʻchib oʻtishdi[6].
Uy stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya terma jamoasi uchun birinchi uy uchrashuvi 1910-yil 25-mayda Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib, 12000 tomoshabinga mo‘ljallangan „KBs baner“ stadionida („Granen“ maydonida, keyinchalik Forum Kopengagen) boʻlib oʻtdi. Ob’ektlar juda kichik deb hisoblanganligi sababli, Kopengagenda Idrætsparken nomi bilan yangi stadion qurildi. U 1911-yil 25-mayda ochilganidan beri KB futbol klubining barcha uy uchrashuvlarini qabul qiladi. Terma jamoaning uy oʻyinlarining aksariyati shu yerda oʻtkaziladi. Milliy terma jamoaning dastlabki 82 yillik davrida jami 254 ta A darajasidagi uy uchrashuvlarini oʻtkazgan, shundan 232 tasi Idrætsparkenda oʻtkazilgan. Idrætsparkenda oʻtkazilgan barcha uy uchrashuvlari orasida Daniya 125 gʻalaba (54%), 41 durang (18%) va 66 magʻlubiyat (28%) qayd etgan. Stadion 1957-yil iyun oyida Shvetsiyaga qarshi 1:2 hisobidagi oʻyinda 51 600 tomoshabinni yigʻish boʻyicha rekordga erishgan[7].
1908-yildan 1990-yilgacha boʻlgan birinchi davrga kelsak, Idrætsparkendan tashqari boshqa stadionlarda atigi 22 ta uy oʻyini oʻtkazilgan, ulardan 11 tasi Orxusdagi Orxus Idrætsparkda (oʻsha paytda Atletion nomi bilan mashhur), keyin Olborgdagi Olborg stadionida oltita oʻyin oʻtkazilgan. Qolgan beshta oʻyin esa boshqa toʻrtta stadionda oʻtkaziladi. Qachonki Idrætsparkendan boshqa stadion uy uchrashuvi uchun foydalanilsa, u faqat ahamiyati kam boʻlgan oʻrtoqlik oʻyinlari yoki Olimpiada saralash oʻyinlari uchun edi. Skandinaviya chempionati kabi yirik muhim turnirlar bilan bogʻliq oʻyinlarni faqat Idrætsparken oʻtkazish uchun foydalanilgan. UEFA Yevropa chempionati va FIFA Jahon chempionati saralash bahsalari bundan mustasno edi. 1990-yil dekabr oyida Idrætsparkenni qayta qurish boshlanganda, keyingi ikki rasmiy Evro-1992 saralash oʻyinlari Odensedagi Odense stadioniga koʻchirildi.
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lavozim | Ism |
---|---|
Menejer | Kasper Xjulmand |
Menejer yordamchisi | Morten Wieghorst |
Yordamchi murabbiy | Kristian Poulsen |
Fitnes murabbiyi | Ismael Kamenforte |
Darvozabonlar murabbiyi | Kim Kristensen |
Oʻyin tahlilchilari | Tomas Sørensen---- Christian Kejser |
Lavozim | Ism |
---|---|
Doktor | Morten Boesen |
Fizioterapevtlar | Morten Skjoldager---- Tom Boysen---- Mikkel Ottesen---- Benno Gøttsche |
Sport psixologi | Carsten Hvid |
Daniya milliy futbol jamoasi murabbiylik oʻrni tarix davomida koʻp marta oʻzgargan. 1908-yildan 1918-yilgacha DBU umumiy mas’uliyat bilan yagona boshqaruvchini tayinlashni afzal koʻrdi. 1919-yildan 1956-yilgacha boʻlgan davrda hech qanday bosh murabbiy boʻlmagan. Faqat vaqtincha boshqaruvchi tayinlangan. DBU Arne Sørensen (1956-yil noyabr — 1961-yil dekabr) va Poul Petersenni tayinlaganida (1962-yil yanvar — 1966-yil dekabr) bir necha yil davomida ularga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiylik qilish va har bir oʻyindan oldin, oʻyin davomida jamoa taktikasini hal qilish mas’uliyatini yuklagan. Ammo milliy terma jamoaga oʻyinchilarni tanlashga ruxsat berilmagan.
1967-yildan 1969-yilgacha jamoa boshqaruvi yangicha yondashuvga oʻtdi va murabbiy sifatida UdtagelsesKomitéen tanlandi. Ushbu yangi yondashuvda oʻyinchilarni tanlash vazifasi UdtagelsesKomitéenga berildi. Ammo qoʻmita raisi endi terma jamoaning „taktik menejeri“ etib tayinlandi, chunki DBU ham oʻyinchilarni tanlashga, ham tegishli taktikaga taʼsir oʻtkazish uchun maxsus taktik menejerga ega boʻlish uchun shunday qildi. Biroq tayinlangan taktik menejer jamoani tayyorlash uchun mas’uliyatga ega emas edi, chunki bu ish uchun maxsus jismoniy murabbiy tanlangan. 1970-yilda DBU jamoa uchun faqat bitta bosh murabbiy tayinlash zarurligini anglab yetgach, ikkita murabbiy yondashuvini bekor qildi[8].
1970-yildan 1979-yilgacha oʻyinchilarni tanlash boʻyicha ish hali faqat murabbiyning mas’uliyati emas, balki ikki tomonning ham vakolati boʻldi. Oʻyinchilarni tanlash kerak boʻlganda, qoʻmitada ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qilinar edi. Bunda tayinlangan murabbiy uchta ovoz taʼsiriga ega boʻlardi va qoʻmitaning toʻrt aʼzosiga bittadan ovoz berildi. Ushbu maxsus tanlov jarayoni 1979-yil iyuligacha davom etdi. Keyinchalik qoʻmita bu qarordan ham voz kechdi va barcha vakolatlarni yagona murabbiyga berishga qaror qildi. Bosh murabbiy qilib Sepp Piontekni tayinlashdi. Unga barcha vakolatlar berilgan.
Murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvalda 1908-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi rasmiy oʻyindan beri milliy terma jamoaga tayinlangan barcha bosh murabbiylar roʻyxati keltirilgan. 1911-yildan 1961-yilgacha boʻlgan davrda jami 169 ta oʻyin murabbiysiz oʻtkazilgan.
Murabbiy | Shu yildan | Shu yilgacha | Natijalar | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
G | W | D | L | Gʻalaba % | ||||
Charlie Williams | Oktyabr 1908 | Dekabr 1910 | 4 | 3 | 0 | 1 | 100 | |
Murabbiy yoʻq | Yanvar 1911 | Dekabr 1912 | 5 | 3 | 0 | 2 | 100 | |
Axel Andersen Byrval | Yanvar 1913----Yanvar 1917 | Dekabr 1915----Dekabr 1918 | 16 | 14 | 1 | 1 | 90 | |
Yoʻq | Yanvar 1916----Yanvar 1919 | Dekabr 1916----Iyul 1920 | 10 | 5 | 1 | 4 | 100 | |
Yoʻq | Avgust 1920 | Avgust 1920 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0,00 | |
Yoʻq | Sentyabr 1920 | Dekabr 1938 | 77 | 35 | 13 | 29 | 45 | |
Yoʻq | Yanvar 1939 | Oktyabr 1956 | 18 | 10 | 3 | 5 | 56 | |
Yoʻq | Iyul 1939 | Sentyabr 1956 | 74 | 29 | 11 | 34 | 39 | |
Arne Sørensen | Noyabr 1956 | Dekabr 1961 | 41 | 20 | 8 | 13 | 49 | |
Yoʻq | Iyun 1957 | Sentyabr 1961 | 3 | 1 | 0 | 2 | 33 | |
Poul Petersen | Yanvar 1962 | Dekabr 1966 | 47 | 17 | 8 | 22 | 36 | |
Erik Hansen (taktik murabbiy)---- Ernst Netuka (mashgʻulot murabbiyi) | Yanvar 1967 | Dekabr 1967 | 8 | 4 | 2 | 2 | 100 | |
Erik Hansen (taktik murabbiy)---- Henry From (mashgʻulot murabbiyi) | Yanvar 1968 | Yanvar 1969 | 11 | 4 | 1 | 6 | 36 | |
John Hansen (taktik murabbiy)---- Henry From | Fevral 1969 | Dekabr 1969 | 9 | 5 | 1 | 3 | 56 | |
Rudi Strittich | Yanvar 1970 | Dekabr 1975 | 61 | 20 | 11 | 30 | 33 | |
Kurt Nielsen | Yanvar 1976 | Iyun 1979 | 31 | 13 | 6 | 12 | 42 | |
Sepp Piontek | 1 Iyul 1979 | Aprel 1990 | 115 | 52 | 24 | 39 | 45 | |
Richard Møller Nielsen | May 1987----May 1990 | May 1988 | 73 | 40 | 18 | 15 | 55 | |
Bo Johansson | Iyul 1996 | Iyun 2000 | 40 | 17 | 9 | 14 | 40 | |
Morten Olsen | Iyul 2000 | Noyabr 2015 | 166 | 80 | 42 | 44 | 48 | |
Åge Hareide | Dekabr 2015 | 31 Iyul 2020 | 42 | 21 | 18 | 3 | 100 | |
John Jensen | 5 Sentyabr 2018 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0,00 | ||
Kasper Hjulmand | 1 Avgust 2020 | 35 | 22 | 3 | 10 | 63 | ||
Jami | 888 | 416 | 180 | 292 | 47 |
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daraja | Futbolchi | Ishtirok | Gollar | Pozitsiya | Davr |
---|---|---|---|---|---|
1 | Peter Schmeichel | 129 | 1 | GK | 1987-2001 |
2 | Dennis Rommedahl | 126 | 21 | MF | 2000-2013 |
3 | Simon Kjær | 122 | 5 | DF | 2009–hozir |
4 | Christian Eriksen | 120 | 39 | MF | 2010-hozir |
5 | Jon Dahl Tomasson | 112 | 52 | FW | 1997-2010 |
6 | Thomas Helveg | 108 | 2 | DF | 1994-2007 |
7 | Michael Laudrup | 104 | 37 | MF/FW | 1982-1998 |
8 | Morten Olsen | 102 | 4 | DF | 1970-1989 |
Martin Jørgensen | 12 | MF | 1998-2011 | ||
10 | Thomas Sørensen | 101 | 0 | GK | 1999-2012 |
Top goalscorers
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daraja | Futbolchi | Gollar | Ishtirok | Nisbat | Davr |
---|---|---|---|---|---|
1 | Poul „Tist“ Nielsen | 52 | 38 | 1.37 | 1910-1925 |
Jon Dahl Tomasson | 112 | 0.46 | 1997-2010 | ||
3 | Pauli Jørgensen | 44 | 47 | 0.94 | 1925-1939 |
4 | Ole Madsen | 42 | 50 | 0.84 | 1958-1969 |
5 | Christian Eriksen | 39 | 120 | 0.33 | 2010–hozir |
6 | Preben Elkjær | 38 | 69 | 0.55 | 1977-1988 |
7 | Michael Laudrup | 37 | 104 | 0.36 | 1982-1998 |
8 | Nicklas Bendtner | 30 | 81 | 0.37 | 2006-2018 |
9 | Henning Enoksen | 29 | 54 | 0.54 | 1958-1966 |
10 | Brian Laudrup | 22 | 86 | 0.26 | 1987-1998 |
Ebbe Sand | 66 | 0.33 | 1998-2004 |
Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash] |