Kanada
Kanada Canada
| |
---|---|
Shior: A mari usque ad mare (lotincha: Dengizdan dengizga) | |
Madhiya: O Canada (Qirollik madhiyasi: God Save the Queen) | |
Poytaxt | Ottava |
Rasmiy til(lar) |
Ingliz tili Fransuz tili |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Qirol |
Karl III |
Mary Simon | |
Justin Trudeau | |
Mustaqillik (Britaniya Imperiya tarqibida dominion bo`lgan) | |
• Sana |
1-iyul 1867 |
Maydon | |
• Butun |
9,984,670 km2 (2-oʻrin) |
• Suv (%) |
8.2 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
32,805,041 (35-oʻrin) |
• Zichlik | 3/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$1,080,000 mil. (11-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$32,922 |
Pul birligi | Canadian Dollar (CAD) |
Vaqt mintaqasi | −3.5... −8 |
• Yoz (DST) |
UTC−2.5... −7 |
Qisqartma | CA |
Telefon prefiksi | 1 |
Internet domeni | .ca |
|
Kanada- Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida, dunyodagi eng katta arxipelag Kanada-Arktika arxipelagida joylashgan. Poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hisoblanadi.AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan Qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Aholi soni 40 842 140 kishi (2024).
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen).
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada hududining gʻarbiy qismi togʻli, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirgʻoqlari tik, gʻarbiy sohili esa juda baland. Materikning oʻrta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qoʻltigʻining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. Kanadaning gʻarbiy chekkasida Kordilyera togʻlari, janubi-sharqida Appalachi togʻlari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz konlari bor.
Iqlimi — Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —30°, —35°, janubda —18°, —20°, iyulniki shimolda 4—7° va janubda 16—18°. Gʻarbiy sohilda yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400-250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.
Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy (Buyuk koʻllari bilan), Finli—PisRiver—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.
Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.
Kanadada shimol bugʻusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bogʻlari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bogʻlari ham bor.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44 %) va fransuz-kanadaliklar (28 %). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2024-yil holatiga 41,2 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanadaning qadimgi xalqi — eskimos va indeyslar. 15-asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605—08). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. 17-asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi Angliya mustamlakasi — Yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush (1756—63) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791 yil Kvebek 2 viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi.
Kanada uchun boʻlgan Angliya-Amerika urushi (1812—14) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun harakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari („vatanparvarlar“) partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19-asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, „Kanada dominioni“ nomi bilan federatsiya tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard oroli (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos boʻldi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64 % koʻpaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900—17-yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. Birinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.
Birinchi jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya taʼsiri susaydi va taʼsiri kuchaydi. 1919—20 yilgi Parij konferensiyasida Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada Millatlar Ligasiga vakil yuborish huquqini qoʻlga kiritdi.
1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933-yil boshida ishsizlar 1,3 mln. kishidan ortdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod boʻldi.
Ikkinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani xom-ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarogʻ bilan taʼminlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939—45 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2,5 baravar ortdi.
1960-yillardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni koʻzlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-yilda Kvebek suvereniteti xususida oʻtkazilgan referendumda suverenitetga qarshi boʻlganlarning 50,6 % ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada — 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 25 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 7-aprelda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 1-iyul — Kanada kuni (1867).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liberal partiya, 1873 yil rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 yil tuzilgan; Kanada Kommunistok partiyasi, 1921 yil vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 yil asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Kanada isloxrt partiyasi, 1987 yil, tuzilgan; Kanada uyushmasi partiyasi, 2000-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari — Kanada ishchilar kongressi 1956 yil tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi 1921 yil vujudga kelgan.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,2 %.
Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda .
Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash zavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60 % ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.
Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]94,3 ming km temir yoʻl va 850000ming km avtomobil yoʻli bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk koʻllar, Lavrentiy daryosidagi suv yoʻllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Montreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shimolida) juda katta. Asosiy aeroportlari Montreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada.
Tashqi savdo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada chetga avtomobil, qogʻoz, bugʻdoy, yogʻochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va boshqalar chiqaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, koʻmir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya.
1989-yilda Kanada bilan AQSH oʻrtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992-yilda Shimoliy Amerika erkin savdo mintaqasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama (AQSH—Kanada—Meksika) bitim imzolanishi bilan Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti bilan birlashuvi va uning Shimoliy Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tezlashdi. Pul birligi — Kanada dollari.
Tibbiy xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanadada vrachlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu maktablarning aksariyati universitetlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy styalar, Montreal, Maskoka koʻli, Manitoba, Yangi Shotlandiyadagi sil kasalliklari shifoxonalari maʼlum.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oʻxshash: 12 yillik umumiy taʼlim maktabi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik kichik oʻrta, 3 yillik katta oʻrta maktablardan yoki 8 yillik boshlangʻich va 4 yillik oʻrta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha taʼlim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik oʻrta maktab ishlaydi. 5—7 yoshdan 14— 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy toʻliqsiz oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga karashli taʼlim bepul boʻlgan maktablar bilan bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogʻidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar oʻsha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Montreal, Kvebek universitetlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi sohasidagi bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), Montreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, Montreal, Vankuver universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanʼat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Montrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanadada 114 ta kundalik gazeta va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Etnik guruhlar (nemis, italyan, xitoy va boshqalar) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — „Glob eng meyl“ („Butun dunyo pochtasi“, kundalik gazeta, 1844-yildan), „Toronto-star“ („Toronto yulduzi“, kundalik gazeta, 1892-yildan), „Gazett“ (kundalik gazeta, 1778-yildan), „Ottava sitizen“ („Ottava fuqarosi“, kundalik kechki gazeta, 1845-yildan), „Vankuver san“ („Vankuver quyoshi“, kundalik kechki gazeta, 1886-yildan) va b. Fransuz tilida — „Devuar“ („Burch“, kundalik gazeta, 1910-yildan), „Press“ („Matbuot“, kundalik kechki gazeta, 1884-yildan), „Soley“ („Quyosh“, kundalik kechki gazeta, 1896-yildan) va b. „Kanadian leybor“ („Kanada kasaba uyushmalari“, oylik jurnal, ingliz va fransuz tillarida, 1956-yildan), „Maklinz Ka-nadaʼz uikli nyusmegezin“ („Kanada Maklin yangiliklari“, haftalik jurnal, ingliz tilida, 1905-yildan) jurnallari chiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi (1917-yilda tashkil etilgan) bor. „Kanadian brodkasting korporeyshn“ — Sibi-si, Kanada radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi, 1936-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirish 1926-yildan, telekoʻrsatuv 1952-yildan boshlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiostansiya ishlaydi.
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada tub joy aholisi (indeyslar, eskimoslar)ning ogʻzaki ijodiyoti avloddan avlodga oʻtib kelgan. Kanada adabiyoti, asosan, ingliz (18-asr) va fransuz (19-asr) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning ogʻzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchilar tomonidan qisman toʻplandi (20-asr). Shoira Polin Jonson (1862—1913) butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bagʻishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining ogʻir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib keldi.
Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi taʼsirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat goʻzalligi haqida asarlar yozdilar va Kanadada yashovchi turli millat vakillarini birlashishga daʼvat etdilar. 19-asrning 2-yarmida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869—1944) oʻz asarlarida Kanada shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, „kichik“ odamning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida adabiy jurnal lar, Kanada adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo boʻldi. Kanada yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvchilarni birlashtirdi. 20-asrning oʻrtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy harakteri yorqin namoyon boʻla boshladi. 40-yillardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavandalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi bilan sugʻorilgan. X. Mak-Lennan oʻz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka chaqirdi („Ikki yolgʻizlik“, 1945). 60—80-yillardagi koʻp asarlarning mavzui jamiyat turmushidagi chalkashliklarga bagʻishlangan. Kanada muammolari va indeyslar bilan eskimoslarning ahvoli kabi masalalar Kanada ilgʻor yozuvchilarining eʼtiborida turibdi.
Fransuz tilidagi adabiyot. Kanadada fransuzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-asr oxirlarida Kanadada romantik shoirlar maktabi vujudga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi Kanada adabiyotiga fransuz romantik sheʼriyati ruhini kiritdi. Fransuz romantiklari, jumladan, V. Gyugo taʼsirida L. O. Freshett, L. P.Leme oʻz asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening „Qadimiy kanadaliklar“ qissasi 19-asrning eng salmokli asaridir. 20-asr boshlarida patriarxal hayot, dehqonlarning dindor boʻlishi ulugʻlandi. L. Emonning „Mariya Shapdlen“ romani mustamlaka davri adabiyotini hayotiy tasvirlar bilan boyitdi. 30-yillarda realizm rivojlandi. 40-yillarda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodimlarini satirik tasvirladi („Qiyalik etagida“ romani, 1944); Gabriyel Rua „Tasodifiy baxt“ romanida ishchilar hayotini koʻrsatdi. 50-yillar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishining oʻzini begona, yolgʻiz his etishiga eʼtibor kuchaydi (I. Terio, E. Klutye asarlari). Yu. Aken fransuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi („Yaqin kunlardagi vokea“). Shoirlar 60—80-yillarda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va oʻlim mavzularida asarlar yezdi.
Meʼmorligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Indeyslar yertoʻla, vigvamchaylalarda, tomi teri yoki yogʻoch bilan yopilgan uylarda yashagan. 17—19-asrlarda fransuzlar Sharqiy Kanadaga oʻz anʼanalari boʻyicha mustahkam devorli, tomi tik nishabli uylar, zalli cher-kovlar (old qismi 1—2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi meʼmorlar yetishib chikdi. Kanadaning inglizlar bosib olgan qismida (18—19-asrlar) imoratlarni sinch va toshdan klassitsizm uslubida (meʼmor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-asr oʻrtalaridan toʻgʻri koʻchali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (Ottava, Montreal, Toronto, Kvebek) qad koʻtara boshladi. Meʼmorlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-asr oxiridan AQSH meʼmorligi taʼsiri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Darling, J. Pirson kabi meʼmorlar).
20-asr oʻrtalaridan eski shaharlar jadal surʼatda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va poʻlatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kombinati va ratusha binolari, Montrealdagi Vil-Mari maydoni, Jahon koʻrgazmasi, Olimpiada majmuasi va boshqalar) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida shinam turar joylar qad koʻtardi.
Tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada hududida indeys va eskimoslar sanʼati qadimdan rivojlangan. Indeyslarning qad. sanʼati yogʻoch oʻymakorligi, tosh, suyak, shoxga naqsh oʻyish, pat va chigʻanokdardan bezaklar yasash, qoʻl toʻqimachiligi, jayra ignasi va bugʻu junidan kashta tikish, rasmlar solishdan iborat boʻlgan. 17-asrdan keyin esa Yevropa va AQShdan koʻchib kelganlar va ularning avlodlari bu ishga hissa qoʻshdilar. Eskimoslar tosh, suyak hamda hayvon shoxlaridan inson va hayvon haykalchalarini yasash bilan shugʻullangan. Yevropaliklar kelib oʻrnashgan paytlardan boshlab Kanada tasviriy sanʼati Fransiya va Angliya sanʼati taʼsirida oʻziga xos tarzda rivojlana boshladi. 17-asr — 19-asr boshlarida portret chizish va diniy rassomlik vujudga keldi; yogʻoch haykalchalar, kumush idishlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-asr oʻrtalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar koʻrinishlari va indeyslar turmushini tasvirlaydigan moʻyqalam ustalari (P. Keyn, Kanada Krigxof, X. Uotson, X. Uoker) ijod qildi. 20-asrda J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer shimol kengliklarining goʻzal maftunkor tabiatini tasvirlovchi asarlar yaratishdi .
Zamonaviy Kanada sanʼatida modernizm (A. Pellon, J. Riopel) bilan bir qatorda realistik oqim (J. Lemye, T. Makdonald, F. Teylor, R. Pilo) ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak sanʼati (kandakorlik, gilamchilik, kulollik) rivojlanmokda. Xalk, ijodida yogʻoch oʻymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroshligi alohida ajralib turadi.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqa qadimdan tub xalq va koʻchib kelgan aholi turmushining muqim qismi boʻlgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qoʻshiklari, ishqiy ashulalar shoʻx va ifodali. 18-asr oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-asr oxirlaridan konsertlar berila boshladi. 19-asr boshlarida havaskorlar kuchi bilan opera spektakllari koʻrsatildi. 19-asrning 2-yarmida professional musiqani rivojlantirish uchun sharoit vujudga keldi, musiqa havaskorlari jamiyati tuzildi. Kanadada yevropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar konsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri — Kanada Lavalle „O, Kanada“ milliy madhiyasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida professional kompozitorlar va musiqachilar paydo boʻldi. 40-yillarda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, Montreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada Mumtoz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ishlovchi orkestr bor. Kanada musiqa arboblaridan M. Blekbern, J. Vaynsvayg, P. Merkyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simono kabi xonandalar, G. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. Kanada kompozitorlar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. Kanadada 8 ta oliy musika oʻquv yurti bor. Bir qator shaharlarda universitetlar qoshida musiqa maktablari, musiqa fakultetlari ochilgan. 1965-yildan Montrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi oʻtkaziladi .
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanʼati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni oʻtkazishda niqob va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoʻyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi „Neptun“ teatrida Leskarboning „Dengiz niqobi“ nomli sheʼriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar bilan fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa — „Akadius yoki xilvatdagi muhabbat“ sahnalashtirildi. 1825 yil Montrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. Montreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg shaharlarida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-yillari oxiridan Birinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda koʻchma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar bilan birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda „roud“ („yoʻl“) deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20—30-yillarida universitetlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koʻplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-yillar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boʻldi. Montrealdagi „Rido ver“, Torontodagi „Tietr Toronto“, Edmontondagi „Sitadel“ teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoʻyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rejissorlar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King, Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanʼati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins universitetlarida drama boʻlimlari bor. „Kanada teatri“ jurnal (ingliz va fransuz tillarida) nashr etiladi.
Kinosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1898-yil Kanadaning „Messi-Harris“ kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga koʻchib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan „Kanadadagi hayot“ nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 yil Montrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 yil Montrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi — „Evanjelina“ (rejissor I. P. Salliven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rejissor R. Flaerti „Shimol farzandi — Nanuk“ qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi — „Viking“ (rejissor V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino sanʼatining qaror topishiga rejissor J. Grirson muhim hissa qoʻshdi. 1939 yil Kino masalalari boʻyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoʻli bilan hujjatli filmlar ishlab chiqarishni boshqardi. Ikkinchi jahon urushi davrida „Jangdagi totuvlik“ kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 yil „Etyen Bryule, nobakor“ degan birinchi rangli film yaratildi. „Oltin shahri“ (rejissor Kanada Lou), „Tinchlik davom etsin deb“, „Dengiz bilan chuchuk suv oraligʻida“ (rejissor M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 yillarda dunyo yuzini koʻrgan filmlar orasida „Moviy qish“ (rejissor A. Blanshar), „Muallimga nega oʻq otildi“ (rejissor S. Naritsanno), „Ovchi“ (rejissor 3. R. Delen), „Qari tulki“ (rejissor F. Borsos) kabi badiiy filmlarni koʻrsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Montreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam oʻtkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.