Amerika Kordilyerasi
Amerika Kordilyerasi, Yer sharidagi eng uzun togʻ tizimi. Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning gʻarbiy chekkasi boʻylab,[1] shimolda Arktikaning Alyaska qirgʻogʻidan janubda Olovli Yer arxipelagining janubigacha choʻzilgan. Oʻz. 18 ming km dan ziyod. Amerika Kordilyera togʻlari materikning sharqidagi tekisliklar bilan Tinch okeani oʻrtasidagi suvayirgʻich hamda tizmalarning har ikki tomonida joylashgan mamlakatlar oʻrtasidagi iqlim chegarasidir. Amerika Kordilyerasi Himolay va Markaziy Osiyodagi togʻlardan pastroq. Eng baland choʻqqilari: Shimoliy Amerikada MakKinli togʻi (Alyaskada), balandligi 6193 m, Janubiy Amerikada Akonkagua togʻi, balandligi 6960 m.
Amerika Kordilyera togʻlari ikki qismdan: Shimoliy Amerika Kordilyerasi va Janubiy Amerika Kordilyerasidan iborat.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Historical Geology Notes - The Breakup of Pangea and Deformation in the Western Cordillera“. Long Island University, C.W. Post Campus faculty website. 1-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-10-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |