Kontent qismiga oʻtish

Aruba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aruba — Janubiy Amerikaning shimoliy qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Shamolsiz orollar toʻdasiga kiradi. Maydoni 190 km². Balandligi 188 m gacha. Aholisi 67 ming kishi (1991), asosan negrlar va mulatlar. Niderlandiya Antil orollari tarkibida. 1986-yil 1-yanvardan qisman oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilgan. Neftni qayta ishlash sanoatining yirik markazi. Bosh shahri — Oranestad. Vulkani orol. Riflar bilan oʻralgan. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha temperaturasi 26 — 28°. Yogʻin 500 — 600 mm. Kserofit buta oʻsimliklari oʻsadi. Iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil