Kayman orollari
Qiyofa
Kayman orollari – Karib den gizidagi orollar, Vest-Indiyada, Yamayka orolidan shimoli-gʻarbda. Buyuk Britaniya mulki. Katta Kayman, Kichik Kayman va Kayman-Brak orollaridan iborat. Umumiy mayd. 259 km2. Aholisi 20 ming kishidan ortiq, asosan, kreol, negr va mulatlar. Rasmiy til – ingliz tili. Maʼmuriy markazi – Jorjtaun shahri. Dengiz hayvonlari (akula, toshbaqa, baliq va boshqalar) ovlanadi. Aholi tropik dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Xalqaro bank operatsiyalarining yirik markazi. Turizm rivojlangan. Orolni 1503-yilda X. Kolumb ochgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |