Yangi Shotlandiya
Yangi shotlandiya — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya yarim orol va KeypBreton o.da. Mayd. 55,3 ming km². Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Ya.Sh. iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Yangi Shotlandiya shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik rivojlangan. Ya.Sh.ning tub aholisi indeyslar. 17-asrning boshlaridan yevropaliklar — fransuzlar va inglizlar koʻchib borgan. Angliya — Fransiya urushidan soʻng 1713 yildan 1867 yil gacha Buyuk Britaniya mulki.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |