Andoza:Yangiliklar/Arxiv 13
Qiyofa
- 2023-yil yangiliklari
Arxiv |
---|
- Daniel Noboa Ekvador prezidentligiga saylandi.
- Toshkentdagi portlashda kamida 1 kishi halok boʻldi, 163 kishi jarohatlandi.
- José Venancio López Hierro Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
- Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻda harbiy harakatlar boshladi.
- Gavayidagi oʻrmon yongʻinlari oqibatida 90 dan ortiq odam halok boʻldi va yongʻinlar Maui orolidagi Lahainaning koʻp qismini vayron qildi.
- Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
- Oʻzbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi.
- Pokistonning Xar shahrida uyushtirilgan terroristik xuruj oqibatida 60dan ortiq kishi halok boʻldi.
- FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
- Rimdagi Palazzo Della Rovere hovlisi ostidan imperator Neronning shaxsiy teatri topildi.
- Nigerda askarlar davlat toʻntarishi uyushtirib, prezident Muhammad Bazoumni hibsga oldi.
- Ju Venjun shaxmat boʻyicha jahon chempionligi unvonini himoya qildi va oʻzining hamyurti Lei Tingjieni 6½—5½ hisobida magʻlub etdi.
- Oʻzbekistonlik yozuvchi Luqmon Boʻrixon 58 yoshida vafot etdi.
- Tennis boʻyicha 2023-yilgi Wimbledon turnirida Carlos Alcaraz erkaklar oʻrtasida, Markéta Vondroušová esa ayollar oʻrtasida gʻolib boʻldi.
- Yaponiyada taniqli rejissyor Hayao Miyazakining soʻnggi ishi — „The Boy and the Heron“ toʻliq metrajli animatsion filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.
- Shavkat Mirziyoyev uchinchi muddatga Oʻzbekiston prezidenti etib saylandi.
- Shimoliy Atlantika okeanida halokatga uchragan „Titanik“ kemasi qoldiqlari boʻylab sayohatga chiqqan hamda bortida besh kishi boʻlgan suv osti kemasi portlab ketdi.
- WikiStipendiya marafonining II mavsumiga start berildi.
- Qoʻshiqchi va aktrisa Tina Turner 83 yoshda vafot etdi.
- Braziliyada Oliy saylov sudi sobiq prezident Jair Bolsonaroni 2022-yilgi umumiy saylovlar oldidan hokimiyatni suiisteʼmol qilgani uchun 2030-yilgacha siyosiy lavozimga kirishishini taqiqladi.
- Parijda 17 yoshli yigitni politsiya otib oʻldirganidan keyin butun Fransiya boʻylab tartibsizliklar boshlandi.
- „Vagner“ guruhi Rossiya hukumatiga qarshi isyon boshladi.
- Ekvadordagi siyosiy inqiroz fonida prezident Guillermo Lasso Milliy Assambleyani tarqatib yuborib, muddatidan oldin umumiy saylov oʻtkazishni eʼlon qildi.
- Qozogʻiston norozilik namoyishlari ortidan hibsga olingan Karim Masimov 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabov 74 yoshda vafot etdi.
- Finlandiya Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga qabul qilindi.
- Oʻzbekistonda Konstitutsiyaviy referendum
- Riku Miura va Ryuichi Kihara figurali uchishning muz ustida raqs yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
- Mesut Özil futbolchilik faoliyatini yakunladi.
- Everything Everywhere All at Once filmi Oscar kinomukofotining 7 ta yoʻnalishida gʻolib boʻldi.
- Sankt-Peterburgda sodir boʻlgan portlashda harbiy bloger va propagandist Vladlen Tatarskiy halok boʻldi.
- AQShdagi eng yirik banklardan biri sanalgan Silicon Valley Bank bankrot boʻldi.
- Oʻzbekiston yoshlar milliy futbol terma jamoasi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
- Italiyaning Kalabriya qirgʻoqlari yaqinida kema halokatga uchrashi oqibatida kamida 63 muhojir halok bo‘ldi.
- Braziliyaning San-Paulu shtatidagi toshqin va koʻchkilar kamida 48 kishining hayotiga zomin boʻldi.
- Madridning „Real“ futbol jamoasi klublar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.
- Gabriel toʻfoni Yangi Zelandiya boʻylab suv toshqini keltirib chiqardi.
- Nikos Christodoulides Qibris prezidenti etib saylandi.
- Turkiyaning Gaziantep shahridagi 7,8 magnitudali zilzila natijasida Suriya va Turkiya hududida 45 000 dan ortiq odam halok boʻldi, 122 000 dan ortiq odam esa jarohatlandi.
- Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf 79 yoshida olamdan oʻtdi.
- C/2022 E3 (ZTF) kometasi Yerga yaqinlashdi.
- Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda sodir etilgan xudkushlik hujumi natijasida 100 kishi halok boʻldi, 220 dan ortiq kishi esa jarohatlandi.
- Anish Giri 2023-yilgi Tata Steel shaxmat musobaqasi chempioni boʻldi.
- Petr Pavel Chexiya prezidenti etib saylandi.
- Borjana Krišto Bosniya va Gersegovina bosh vaziri lavozimini egalladi.
- AQShning Monterey Park shahridagi otishma natijasida kamida 10 kishi halok boʻldi.
- Madridda bosh vazir Pedro Sánchezning jinoyat qonunchiligi sohasidagi islohotiga qarshi kamida 30 ming kishi namoyishga chiqdi.
- Tata Steel shaxmat musobaqasi
- Chris Hipkins Jacinda Ardern oʻrniga Yangi Zelandiya Bosh vaziri va mamlakat mehnat partiyasi rahbari etib saylandi.
- Brovaridagi vertolyot halokati natijasida 14 kishi, jumladan Ukraina ichki ishlar vaziri Denys Monastyrsky halok boʻldi.
- Yeti Airlines 691-reysi halokati natijasida 72 kishi halok boʻldi.
- Xorvatiya yevroni qabul qildi va Shengen hududiga qoʻshildi.
- Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro tarafdorlari mamlakat milliy kongressi, Oliy federal sud va xalq vakillari binosiga bostirib kirishdi.
- OʻzSSR Oliy Sovetining soʻnggi raisi Rafiq Nishonov 96 yoshda vafot etdi.
- Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova 68 yoshda vafot etdi.
- Nodirbek Abdusattorov 2023-yilgi Tata Steel shaxmat musobaqasi doirasidagi klassik shaxmat oʻyinida amaldagi jahon chempioni Magnus Carlsen ustidan gʻalaba qozondi.