Chris Hipkins
Chris Hipkins | |
---|---|
Yangi Zelandiya bosh vaziri | |
Mansab davri 2023-yil 7-fevraldan – 27-noyabrgacha | |
Monarx | Charles III |
Gubernator | Cindy Kiro |
Oʻtmishdoshi | Jacinda Ardern |
Vorisi | Christopher Luxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Siyosiy partiyasi | Mehnatkashlar (1996-yildan) |
Christopher John Hipkins (talaffuzi: Kristofer Jon Xipkins; 1978-yil 5-sentabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya Mehnat partiyasi siyosatchisi, 2023-yilning 7-fevral kuni Jacinda Ardern oʻrniga Yangi Zelandiya Bosh vaziri lavozimini egalladi[1]. Hozirgacha mamlakat taʼlim vaziri, politsiya vaziri, davlat xizmati vaziri va palata rahbari lavozimlarida ishlagan. 2008-yilgi saylovlarda parlament aʼzosi etib saylangan. Yangi Zelandiyada COVID-19 pandemiyasi natijasida taniqli shaxsga aylangan. 2020-yil iyuldan noyabrgacha Sogʻliqni saqlash vaziri va 2020-yil noyabridan 2022-yil iyunigacha COVID-19ga qarshi kurash vaziri lavozimlarida ishlagan.
2023-yil 21-yanvarda Leyboristlar partiyasi yetakchisi sifatida Jacinda Ardern o‘rniga yagona nomzod bo‘ldi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hipkins Named to Succeed Ardern as New Zealand Prime Minister“. Bloomberg.com (2023-yil 20-yanvar). 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ Euronews YouTubeda
- ↑ Craymer, Lucy. „New Zealand Labour Party: Chris Hipkins sole candidate to replace Jacinda Ardern as leader“. Reuters (2023-yil 21-yanvar). 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.