Suv osti kemasi
Suv osti kemasi — asosan suv ostida suzishga moslashtirilgan kema. Strategik, operativtaktik hamda boshqa jangovar vazifalarni suv ostida hamda suv ustida bajarishda foydalaniladi. Bu kemalarning tomchisimon yoki sigarasimon shakldagi korpusi poʻlat yoki titandan yasaladi. Suv osti kemasik. suv ostida atom qurilmalari, elektr toki akkumulyatorlari; suv ustida atom energiyasi yoki dizel qurilmasi, suv ostiga uncha chuqur tushmagan holatda esa dizel qurilmalari yordamida harakatlanadi.
Suv osti kemasik. bajaradigan vazifasiga qarab, ballistik raketalar va oʻzoʻzidan moʻljal oladigan qanotli raketalar, torpedalar, raketatorpedalar, minalar bilan qurollantiriladi; gidroakustik, radiolokatsion apparatura bilan jihozlanadi. Asosiy quroliga qarab, strategik yoki operativtaktik vazifani bajaradi. Asosiy kuroli — yadro zaryadlari yordamida uzoqqa otiladigan ballistik raketalar. Bunday Suv osti kemasik.da, odatda, kema okeanda uzok, vaqt turishiga imkon beradigan elektr kurilmalar boʻladi. Operativtaktik vazifalar bajaradigan Suv osti kemasik. raketa va torpeda otuvchi, mina qoʻyuvchi, radiolokatsion dozorlik hamda transportdesantlik vazifalarini bajaruvchi kemalarga boʻlinadi. Dushmanning suv usti kemalari bilan kurashishga moʻljallangan Suv osti kemasik. oʻzoʻzidan moʻljal oladigan raketatorpedalar bilan qurollantiriladi. Mina qoʻyuvchi Suv osti kemasik. turli maqsadlarga moʻljallangan minalar va mudofaalanish torpedalari bilan kurollanadi.
Suv osti kemasik.ni kurish 17-asrdan boshlandi. Birinchi Suv osti kemasik.ni Londonda golland olimi K. van Drebbel (1620), Rossiyada havaskor ixtirochi Yefim Nikonov (1724), Shimoliy Amerikada D. Bushnell (1776), Fransiyada R. Fulton (1801), Germaniyada V. Bauer (1850) kurdi. Bu Suv osti kemasik.larida mis yoki temirdan yasalgan korpus, suv toʻlgʻazish uchun sisterna, eshkak yoki qoʻlda aylantiriladigan eshkakli parraklar boʻlgan; ular dushman kemasining korpusiga maxsus moslamalar yordamida mahkamlab qoʻyiladigan minalar bilan kurollangan (minalar dushman kemasi korpusiga xoda yoki garpun bilan yetkazilgan).
20-asr boshlariga kelib harbiydengiz floti boʻlgan davlatlarning deyarli hammasi jangovar Suv osti kemasik. kura boshladi. 20-asr 50yillaridan boshlab dastlab AQSH va SSSR, keyin esa Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari atom qurilmalari boʻlgan Suv osti kemasik. kura boshladi. Bu hol Suv osti kemasik.ning suv ostida uzok, vaqt boʻla olishiga va yurish tezligini keskin oshirishga imkon berdi. 60yillarda SSSR va AQSH da atom bombasi bilan kurollangan Suv osti kemasik. paydo boʻldi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |