Kontent qismiga oʻtish

Al-Jalahma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Jalahma
arabcha: الجلاهمة
Etnik tarkibi arab
Joylashuv Quvayt
Qatar
Bahrayn
Dini Islom

Al-Jalahma (arabcha: الجلاهمة) – asosan, Fors koʻrfazidagi arab davlatlarida yashovchi arab urugʻi. Anaza qabilasidan kelib chiqqan. 1716-yilda Al bin Ali, as-Saboh va al-Xalifa bilan birgalikda zamonaviy Quvayt davlatiga asos solgan toʻrt Utub urugʻidan biri[1].

Rahma ibn Jobir al-Jalahma ushbu urugʻning taniqli aʼzolaridan biri boʻlgan.

Urugʻ koʻpincha Basradagi karvonlarga va Shatt ul-Arabdagi savdo kemalariga hujum uyushtirgani tufayli Usmoniylar tomonidan Ummu Qasrdan quvilgan[2]. Shundan soʻng ular Quvaytga koʻchib ketgan. Taxminan 1760-yillarda urugʻ vakillari al-Xalifa qabilasi bilan birgalikda Qatardagi Zubara shahriga koʻchib oʻtgan va shu sababli as-Saboh qabilasi Quvaytning yagona mulkdorlariga aylangan[3]. Bu ikki qabila Zubara shahrining bandargohida erkin savdo portini tashkil qilgan, biroq al-Xalifa qabilasi iqtisodiy foydani al-Jalahma bilan boʻlishishdan bosh tortgan. Shu sababli al-Jalahma ar-Ruvays hududiga koʻchib oʻtgan, al-Xalifa esa Qatar atrofidagi marvarid ovlanadigan hududlarda monopoliya qilishni davom ettirgan[4].

Oʻzaro kelishmovchiliklarni chetga surib, al-Jalahma va al-Xalifa qabilalari boshqa qabilalar bilan birgalikda 1783-yilda Bahrayndan eronliklarni quvib chiqargan. Bu yurish qisman 1782-yilda Eronning Zubara shahriga uyushtirgan tajovuzkor harakatlari sababli boshlangan[5]. Al-Jalahma 1783-yilda Utub ittifoqi Bahraynni qoʻshib olishidan oldinroq ittifoqdan ajralib chiqqan. Ular al-Xalifaning ularga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlgani sabab Zubaraga qaytib kelgan, chunki al-Xalifa siyosiy yoki hududiy yutuqlarini al-Jalahma bilan baham koʻrmagan[6]. Buning natijasida al-Xalifa qabilasi hech bir qarshiliksiz Bahraynning yagona hokimiga aylangan[7].

Al-Jalahma qabilasi Fors koʻrfazi hududining katta qismini nazorat ostiga olgan Arabiston vahhobiylari bilan ittifoq tuzgan. Bunga qarshi al-Xalifalar vahhobiylarning asosiy muxoliflari boʻlgan ummonliklar bilan birlashgan. 1811-yilda Maskat hukmdori Said bin Sulton Bahrayn va Zubaradagi vahhobiy garnizonlariga hujum qilish imkoniyatidan foydalangan va hokimiyat al-Xalifaga qaytarilgan. Oʻsha yilning oʻzida Rahma ibn Jobir al-Jalahima al-Xalifa qabilasiga qarshi dengiz jangini olib borgan va ushbu jang al-Xalifa foydasiga hal boʻlgan[8]. Al-Jalahma va al-Xalifa oʻrtasidagi qizgʻin qarama-qarshiliklar 1826-yilda mana shu bilan yakuniga yetgan. Unda koʻplab kishilar, jumladan, mashhur navigator Ahmad ibn Salmon al-Xalifa ham halok boʻlgan. Rahma ibn Jobir al-Jalahma oʻz kemasini yaqin oʻrtada portlatib yuborgan va urushga halokatli yakun yasagan[9].

Bugungi kunda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Jalahma urugʻi Bani Utba qabilasidan ajralib chiqqanidan keyin ham hozirgi kunga qadar koʻpchilik tomonidan qabilalar ittifoqiining bir qismi deb hisoblaniladi.

Al-Jalahma urugʻi aʼzolari butun Arabiston yarim oroliga tarqalgan, ularning koʻpchiligi Quvayt, Qatar va Bahraynda istiqomat qiladi.

  1. „'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' [1000 (1155/1782)“]. qdl.qa. Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  2. „'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' [1000 (1155/1782)“]. qdl.qa. Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  3. 'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' [1000] (1155/1782), p. 1001
  4. Althani, Mohamed. Jassim the Leader: Founder of Qatar. Profile Books, 2013 — 28-bet. ISBN 978-1781250709. 
  5. „'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' [843 (998/1782)“]. qdl.qa. Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  6. Althani, Mohamed. Jassim the Leader: Founder of Qatar. Profile Books, 2013 — 28-bet. ISBN 978-1781250709. 
  7. 'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' [843] (998/1782), p. 841
  8. 'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' [843] (998/1782), p. 843
  9. Khuri, Fuad Ishaq. Tribe and state in Bahrain: The transformation of social and political authority in an Arab state.. United States of America: University of Chicago Press, 1980. ISBN 0-226-43473-7. Qaraldi: 2013-yil 2-iyul. . Page 40.