Kontent qismiga oʻtish

Shammor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shammor
arabcha: شَمَّر
Qahtoniy qabila
Etnik tarkibi arab
Nisba ash-Shammoriy
Joylashuv
Tarmoqlari
  • Abdah
  • Aslam
  • Sinjara
Tili arab tili
Dini Islom

Shammar (arabcha: شَمَّر) Tayy qabilasidan kelib chiqqan arab Qahtoniylar ittofoqi boʻlib, milodiy II asrda Yamandan Shimoliy Arabiston yarim oroliga koʻchib kelgan. Tayy qabilasining eng yirik tarmogʻi hamda eng nufuzli arab qabilalaridan biri. Qabilaning anʼanaviy boshqaruv markazi hozirda Saudiya Arabistoni hududida joylashgan Haʼil shahrida boʻlib, Shammor qabilasi vakillarining asosiy qismi Jabal-Shammor Amirligi hududida joylashgan[1]. Shammor qabilasining „oltin davri“ milodiy 1850-yillarga toʻgʻri keladi. Shu davrda ular Arabistonning markaziy va shimoliy qismlarini, ar-Riyoddan Suriya chegaralarigacha va Yuqori Mesopotamiyaning keng hududlarini boshqargan.

Qabila aʼzolaridan biri mashhur Hatim at-Tay (578-yilda vafot etgan) boʻlib, u saxiyligi va mehmondoʻstligi bilan tanilgan nasroniy arab edi. Shuningdek, uning nomi „Ming bir kecha“ asarida ham tilga olingan. Ilk islomiy tarixiy manbalarga koʻra, uning oʻgʻli Adiy ibn Hotim paygʻambar Muhammadning vafotidan oldin islomni qabul qilgan. Shu davrda Tayy qabilasidan yana bir mashhur shaxs Zayd al-Xayr Tayy qabilasining islomni qabul qilish uchun Muhammadning huzuriga yuborilgan guruh yetakchisi sifatida tanilgan[2].

Shammor qabilasi 3 ta asosiy boʻlimdan tashkil topgan ittifoq boʻlgan. Ular Abdah, al-Aslam va Sinjara boʻlimlari. Ilk arab boʻlmagan manbalarda arablar taylar deb atalgan va bunda Tayy qabilasi vakillariga nisbat berilgan deb taxmin qilinadi, chunki al-Hira gubernatori Iyos ibn Qabisa at-Tay Vizantiya hamda Sosoniylar imperiyalari bilan aloqada boʻlgan. Tayy qabilasining baʼzi qismlari, shuningdek, Gʻassoniylar va Laxmiylarning koʻpchiligi paygʻambar Muhammad islom dinini targʻib qilishidan oldin Mesopotamiya va Levantda istiqomat qilgan.

  1. The Statesman's Year Book: Statistical and Historical Annual of the World (en). John Paxton, 1917 — xliv-bet. „"... has its capital at Hail"“ 
  2. Al-Jawziyya, Ibn Qayyim. Zad Al-Ma'ad - Provisions Of The Afterlife Which Lie Within Prophetic Guidance: زاد المعاد [انكليزي ترجمة] (en). Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2010-01-01 — 498-bet. ISBN 9782745162144. 
  • Aladhadh, Amer; A comprehensive history of Shammar
  • Alazzawi, Abbas; The Tribes of Iraq (Arabic)
  • AlfudailyThe Days of the Arabs before Islam (Arabic)
  • Hassan, Hussein D.; Tribal Structure, Social, and Political Activities Information Research Specialist Foreign Affairs, Defense, and Trade Consultancy Knowledge Services Group (re Iraq)
  • Madawi Al Rasheed: Politics in an Arabian oasis. The Rashidi Tribal Dynasty. I. B. Tauris & Co Ltd, London & New York 1991 (based on a Ph. D. thesis presented to Cambridge University, 1988). ISBN 1-85043-320-8 (English)
  • Web site for Shammar (Tayy) tribe.
  • A member of the shammar tribe