Kontent qismiga oʻtish

Banu Shayba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bani Shayba darvozaboni, taxminan 1880-yil
Misr sultoni Barquq davrida Kaʼba kaliti

Banu Shayba (arabcha: بني شيبه, soʻzma-soʻz'Shaybaning oʻgʻillari') – Saudiya Arabistonining Hijoz mintaqasidagi qadimgi Quraysh qabilalar ittifoqining Banu Abduddor boʻlimiga mansub arab urugʻi. Ushbu urugʻ vakillari, asosan, Usmon ibn Talha, uning otasi Talha ibn Abdulloh va bobosi Abduddor ibn Qusayning avlodlaridan iborat. Maʼlumki, ular tarixda Kaʼba qorovuli vazifasini oʻz zimmalariga olganlar va shuning uchun islomdan oldingi davrdan boshlab, shuningdek, keyinchalik 630-yilda islom paygʻambari Muhammad tomonidan Makka fath qilinganidan soʻng ham Kaʼbaning kalitlarini oʻzlarida saqlab kelishgan[1].

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabila aʼzolari tozalash marosimi davomida Kaʼbaga tashrif buyuruvchilarni kutib oladilar va tashrif buyuruvchilar bilan birgalikda uning ichki qismini tozalaydilar. 2010-yilning noyabr oyida vafot etgan Shayx Abdulaziz ash-Shaybiy (baʼzan ash-Shaybiy[2] deb ham ataladi) oʻn sakkiz yil davomida Kaʼba kalitini oʻzida saqlab turgan[3]. Uning akasi Abdulqodir ash-Shaybiy esa undan keyin kalitning egasiga aylangan[3]. Abdulqodir ash-Shaybiy 2014-yil 23-oktyabrda vafot etgan[4] Shayx Abdulqodir ash-Shaybiy Usmon ibn Talhaning 108-vorisi boʻlgan[5].

Shaybiylar oilasining eng keksa aʼzosi doktor Solih ibn Zayn al-Obidin ash-Shaybiy 2024-yil 22-iyun kuni vafot etguniga qadar Kaʼba kalitlarining qoʻriqchisi boʻlgan[6]. Yangi vasiy etib Abdulvahob bin Ziyon al-Obidin ash-Shaybiy tayinlangan.

Kaʼbaning kalitlari Qurayshdan oldin Ad qabilasi Tasm urugʻi vakillariga berilgan. Keyinchalik esa Banu Xuzoa qabilasiga, undan esa Qusayga oʻtgan. Qusaydan keyin kalit uning oʻgʻli Abduddorga, undan keyin oʻgʻli Usmonga topshirilgan. Kalit bir kishidan boshqasiga oʻtib, oxir-oqibat ularning jiyani Shaybaga yetgan. Bugungi kunda ham kalit ularning avlodlari tomonidan meros qilib olinmoqda. Paygʻambar Muhammad Makka fath qilingan yili Banu Shaybaga Kaʼba kalitlarini topshirgan va shunday degan: „Uni oling, ey Banu Talha, Qiyomat kunigacha abadiy saqlang va u sizlardan faqat adolatsiz, zolim hukmdor tomonidan tortib olinadi“[7].

  1. Estes. „Kabah's Key Keeper Dies at 82“. Islam News Room (2011-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  2. „Al-Shaibi given new Kaaba key“. Arab News (2013-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 Al-Alawi. „Mourning a Great Servant of the Ka'aba“. Center for Islamic Pluralism (2010-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  4. „Kaaba key keeper dies“ (2014-yil 24-oktyabr).
  5. „Kaaba's senior keeper Al-Shaibi passes away“. Business Recorder. Qaraldi: 2016-yil 9-fevral.
  6. „Saleh Al-Shaibi, senior caretaker of the Kaaba, dies“ (en). Arab News (2024-yil 22-iyun). Qaraldi: 2024-yil 23-iyun.
  7. Akhter. „Ten Things You Didn't Know About The Kaaba“. MuslimMatters (2012-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.