Kontent qismiga oʻtish

Abdulmalik ibn Solih

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulmalik ibn Solih
Mosul noibi
Mansab davri
785 – 787
Monarx Musa al-Hodiy
Horun ar-Rashid
Oʻtmishdoshi Hoshim ibn Said (785)
Vorisi Isʼhoq ibn Muhammad (787—788)
Madina noibi
Mansab davri
787 – 789
Monarx Horun ar-Rashid
Oʻtmishdoshi Isʼhoq ibn Sulaymon al-Hoshimiy
Vorisi Muhammad ibn Abdulloh ar-Raboiy (789 — 790-yillar)
Suriyaning Abbosiy noibi
Mansab davri
793 – 795
Monarx Horun ar-Rashid
Oʻtmishdoshi Musa ibn Yahyo
Vorisi Isʼhoq ibn Isa ibn Ali (tax. 795 — 800-yillar)
Misr noibi
Mansab davri
795 – 795
(bir yildan kamroq)
Monarx Horun ar-Rashid
Oʻtmishdoshi Harsama ibn Ayon
Vorisi Abdulloh ibn Musayyab al-Dobbiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 812
Munosabatlari Abbosiylar sulolasi
Bolalari Abdurrahmon
Otasi Solih ibn Ali
Qarindoshlari Al-Fadl ibn Solih, Ibrohim ibn Solih va Ismoil ibn Solih (aka-ukalari)
Abdulmalik ibn Solih
Harbiy faoliyati
Fuqaroligi Abbosiylar xalifaligi
Xizmatdagi yillari

812

(faol xizmatning tugashi)
Unvoni General
Jang/urush Arab — Vizantiya urushlari

Abdulmalik ibn Solih ibn Ali (arabcha: عبد الملك بن صالح بن علي‎) (yunon manbalarida: Ἀβιμελέχ, Abimelech; 750—812) Banu Abbos urugʻi vakili, general, Suriya va Misr noibi lavozimlarida xizmat qilgan. Abdulmalik Vizantiya imperiyasiga qarshi bir nechta bosqinchilik yurishlarida oʻzini koʻrsatgan boʻlishiga qaramay, Suriyadagi katta taʼsiri va obroʻsi tufayli xalifa Horun ar-Rashid buyrugʻi bilan 803-yilda qamoqqa olingan. 809-yilda ozod qilingan. 812-yilda al-Amin buyrugʻi bilan aka-ukalar oʻrtasida davom etayotgan fuqarolar urushida al-Maʼmunga qarshi qoʻshin toʻplash uchun joʻnatilgan, ammo kasallik tufayli vafot etgan.

Abdulmalikning oilasi ilk Abbosiylar davridagi eng nufuzli urugʻlardan biri boʻlgan. Ushbu oila Suriyada Umaviylar hukmronligi agʻdarilishida muhim rol oʻyagani sabab ushbu hudud keyinchalik oilaning muhim kuch bazasiga aylangan. Abdulmalik Suriyaning birinchi Abbosiy noibi Abdulloh ibn Alining jiyani va Misrning birinchi Abbosiy noibi hamda 754-yilgi muvafaqqiyatsiz isyondan soʻng Suriyada Abdullohning vorisi boʻlgan Solih ibn Alining oʻgʻli edi. Abdullohning aka-ukalari al-Fadl va Ibrohim ham Suriya va Misrda noiblik qilishgan[1]. Abdulmalik xalifalar as-Saffoh (h. 750–754) va al-Mansur (h. 754–775) bilan amakivachcha edi[2]. Onasi esa soʻnggi Umaviy xalifa Marvon IIning (h. 744–750) kanizaklaridan biri boʻlgan. Marvonning vafotidan keyin ayolni Solih sotib olgan. Baʼzi manbalar ushbu ayol sotib olingan vaqtidayoq homilador ekani haqida maʼlumot berib, Abdulmalik Marvonning oʻgʻli deb daʼvo qiladi[3].

Abbosiylar xalifaligi tarkibidagi Suriya (Bilod ash-Shom) va uning maʼmuriy hududlari

Horun ar-Rashid (h. 786–809) davrida Abdulmalikka o‘z faoliyatidagi ilk qo‘mondonlik vazifasi yuklatilgan. tax. 789-yildan 793-yilgacha strategik jihatdan muhim Jund Qinnasrin (Suriya shimolidagi tuman) va xalifalikning Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh hududlarini o‘z ichiga olgan yangi tashkil etilgan Avasim jundi noibi bo‘lgan[4]. Abdulmalik ushbu lavozimda 790/791-yilda Vizantiya Kichik Osiyosiga yurishlar uyushtirdi. Ehtimol, 792/793-yilda ham shunday yurishlar bo‘lib, o‘sha paytda o‘g‘li Abdurahmon Sebasa qal’asini zabt etgan[2][5].

792-yilda Ibrohim vafotidan keyin Abdulmalik o‘z urug‘i boshlig‘i bo‘ldi. 794-yilda Jund Dimashq (Damashqni o‘z ichiga olgan Suriya okrugi) noibi etib tayinlandi. Ukasi Abdulloh esa uning o‘rniga Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh hududlarni boshqargan[4]. Keyingi bir necha yil davomida Madina va Misr noibi lavozimlarida ham qisqa muddat faoliyat yuritdi[2]. Biroq, tez orada Vizantiya chegarasiga qaytib keldi. 797-yil oxirida Kappadokiya va Galatiyaga hujumlar uyushtirib, Ankiragacha yetib bordi. U yerda imperatritsa Irene (h. 797–802) yuborgan elchilarni qabul qildi. Elchilar tinchlik bitimi tuzishni so‘rashdi, ammo Abdulmalik taklifni rad etdi. 798-yilda Vifiniyadagi Malaginada joylashgan Vizantiyaning yirik qoʻshinlar qarorgohi va imperator otxonalarigacha yetib borib, talon-taroj qilgan yana bir yurishni boshqargan. Hududdan koʻplab oʻljalar, jumladan imperatorning parad otlari va yuk foytunini olib ketgan. Qaytib kelgach, Opsikion va Optimatoi femlari kuchlari hujumiga uchrab, ularni mag‘lub etdi. Xuddi shu vaqtda oʻgʻli Efes shahriga hujum qilgan[6].

tax. 800-yilda Abdulmalik Horunning oʻgʻli al-Qosimga murabbiy etib tayinlangan. Armiyadagi yuksak obro‘si va nufuzidan Horun shubhalangani tufayli 803-yilda qamoqqa olinib, zindonga tashlandi. Qamoqqa olishning asl sababi maʼlum emas. Shunday boʻlsa-da, koʻplab manbalarda Abdulmalikning oʻgʻli Abdurahmon xalifaga otasi taxtdan agʻdarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergani taʼkidlangan. Horun vafotidan olti yil oʻtgach, xalifa al-Amin (h. 809–813) buyrugʻi bilan ozod qilingan[2][7]. Al-Amin vorislik masalasida oʻgay ukasi al-Maʼmun bilan kurash olib borgani sababli Suriyada tartibsizliklar yuz berdi. Abdulmalik chegara qoʻshinlari ustidan hamon katta taʼsirga ega edi. Shu sababli, Suriya va Jazira noibi etib tayinlanib, zimmasiga ushbu hududlar xavfsizligini taʼminlash va al-Maʼmunga qarshi kurashish uchun qoʻshin toʻplash vazifasi yuklandi. Biroq, Raqqaga yetib borgan Abdulmalik kasal boʻlib, tez orada vafot etgan[2][7]. Bir necha yildan so‘ng g‘olib al-Ma’mun uning qabrini buzdirib tashladi. Buning sababi, go‘yo Abdulmalik hayotlik vaqtida al-Ma’mun hokimiyatini hech qachon tan olmaslikka qasam ichgani edi[2].

  1. Cobb 2001, ss. 23–28.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Zetterstéen 1960, ss. 77–78.
  3. Slane 1843, s. 316.
  4. 4,0 4,1 Cobb 2001, s. 28.
  5. Lilie 1996, s. 158.
  6. Theophanes the Confessor. Chronicle, AM 6290 and 6291 (Mango & Scott 1997, ss. 650–652); Lilie 1996, ss. 161–162; PmbZ, s. 8.
  7. 7,0 7,1 Cobb 2001, s. 29.
Oʻtmishdoshi:
Harsama ibn Ayon
Misr noibi (nominal)
795
Vorisi:
Ubaydulloh ibn al-Mahdiy