Efes
Efes – Kichik Osiyoning gʻarbiy sohili Kariya viloyatidagi qadimiy shahar. Efes xarobalari hozirgi Saljuq (Turkiya)dan 10 km narida joylashgan. Osiyo savdo yoʻllarining soʻnggi nuqtasi va diniy markaz sifatidagi ahamiyati (Efes homiysi-Artemida ibodatxonasi dunyoning yetti moʻjizasidan biri) shaharning ravnaq topishiga imkon bergan. Gerostrat oʻz nomini abadiylashtirish maqsadida ibodatxonaga oʻt qoʻygan (miloddan avvalgi 356-yil). Keyinchalik ibodatxona qayta qurilgan, biroq milodiy 263 yil Efes gotlar tomonidan talontaroj etilgan paytda butkul vayron qilingan. Efes milodiy 358 va 365 yillardagi zilzilalardan jabr koʻrgan. Shahar VII asr gacha mavjud boʻlib, soʻng kimsasiz qolgan bu yerlar botqoqlikka aylangan. Efesdan yunon va Rim davriga oid shahar mavzelari, stadionlar, teatr, terma (hammom), shahar darvozalari, vodoprovod, kutubxona binosi, ibodatxonalar va boshqalar xarobalar ochilgan. Yabancı turistler için 2024 yılında Efes'e giriş ücreti 40 Euro'dur [1].
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |