Kontent qismiga oʻtish

Solih ibn Ali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Solih ibn Ali
صالح بن علي
Misr noibi
Mansab davri
750 – 751
Monarx as-Saffoh
Oʻtmishdoshi Abdumalik ibn Marvon ibn Musa ibn Nusayr
(Umaviylar noibi)
Vorisi Abu Avn Abdumalik ibn Yazid
Misr noibi
Mansab davri
753 – 755
Monarx as-Saffoh
al-Mansur
Oʻtmishdoshi Abu Avn Abdumalik ibn Yazid
Vorisi Abu Avn Abdumalik ibn Yazid
Shom (Suriya) noibi
Mansab davri
754 – 754
(bir yildan kamroq)
Monarx as-Saffoh
al-Mansur
Oʻtmishdoshi Abdulloh ibn Ali
Vorisi Abdulvahhob ibn Ibrohim ibn Muhammad al-Abbosiy (754—764)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 711
Vafoti 769
Bolalari
Otasi Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos
Qarindoshlari
Solih ibn Ali
Harbiy faoliyati
Fuqaroligi Abbosiylar xalifaligi
Qoʻshin turlari Abbosiylar armiyasi
Unvoni General
Jang/urush Arab — Vizantiya urushlari

Solih ibn Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos (arabcha: صالح بن علي بن عبد الله بن العباس) (711—769) Banu Abbos sulolasining a’zosi boʻlib, Suriya va Misrda harbiy qoʻmondon va noiblik vazifalarini bajargan.

Solih va ukasi Abdulloh 750-yilda Umaviylar hokimiyatini agʻdarib tashlagan Abbosiylar qoʻshinining old saflarida boʻlishgan. Aka-ukalar xalifalik poytaxti Damashqni qamal qilib egallagach, soʻnggi Umaviy xalifa Marvon IIni Misrgacha ta’qib qilishdi. Xalifa shu yerda qoʻlga olindi va oʻldirildi[1][2]. Solih 750-yil 9-avgust kuni Misrga noib etib tayinlanib, ushbu lavozimni egallagan ilk Abbosiylar vakili boʻldi. Ushbu lavozimda bir yildan kamroq vaqt mobaynida qolib, 751-yil mart oyida Jund Filastin (Falastin) noibi etib tayinlandi. Mazkur lavozimda ekanida Said ibn Abdullohni Abbosiylar davrining Vizantiya Onadoʻlisiga qarshi ilk bosqinchilik yurishiga joʻnatdi[1]. 753-yil 8-oktyabrda yana Misr noibi etib tayinlanib, bu lavozimda 755-yil 21-fevralgacha ishladi[1]. 754-yilda Solihning jiyani, xalifa as-Saffoh vafot etgach, Solihning akasi Abdulloh Suriyada yangi xalifa al-Mansurga qarshi isyon koʻtardi. Abdulloh oʻlim toʻshagida yotgan as-Saffoh oʻzini voris etib tayinlaganini da’vo qildi. Solih akasining qoʻzgʻoloniga qoʻshilishdan bosh tortib, hatto isyonni bostirish uchun Suriyaga qoʻshin bilan kirib bordi. Abdullohning Falastindagi noibi al-Hakam ibn Da’ban bilan to‘qnashib, uni magʻlub etdi. Shu paytda Abdullohning oʻzi Abu Muslimdan yengilib, Mansurga boʻysunishga majbur boʻldi[3].

Abdullohning isyoniga qaramay, Solih va uning oilasi Suriyadagi eng nufuzli Abbosiylar hukmdorlari sifatida oʻz mavqelarini mustahkamlashdi. Ular bu mavqeni keyingi yarim asr davomida saqlab qoldilar. Chunki Solihning oʻgʻillari al-Fadl, Ibrohim va Abdulmalik Suriya va Misrda noiblik lavozimlarini egallagan edilar[1][4]. Solih, shuningdek, Umaviylar sulolasining hududdagi koʻplab mulklarini oʻzlashtirib olgan edi. Bundan tashqari, Abbosiylar va Vizantiya oʻrtasidagi chegara hududlari, ya’ni tugʻurlarni mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Sobiq Vizantiya shaharlari Melitene (Malatiya), Germanikeya (Marash) va Mopsuestiyani (al-Massisa) qayta egallagan va qayta qurgan. Solih 769-yil Suriyada vafot etgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Grohmann & Kennedy (1995), p. 985
  2. Cobb (2001), p. 27
  3. Cobb (2001), pp. 23–27
  4. Cobb (2001), pp. 27–28
Oʻtmishdoshi:
Abu Avn Abdulmalik ibn Yazid
Misr noibi
753—755
Vorisi:
Abu Avn Abdulmalik ibn Yazid
Oʻtmishdoshi:
Abdulmalik ibn Marvon
(Umaviylar noibi)
Misr noibi
750—751
Vorisi:
Abu Avn Abdulmalik ibn Yazid